Home / YANGILIKLAR / KЕSHIY MЕROSI IJTIMOIY-AXLOQIY MASALALARNI QAMRAGANI BILAN AHAMIYATLIDIR

KЕSHIY MЕROSI IJTIMOIY-AXLOQIY MASALALARNI QAMRAGANI BILAN AHAMIYATLIDIR

Doktor Mahmud Abdulloh Abdurahmon Abduhalim – Al-Azhar universiteti va Samarqanddagi Hadis maktabi oʻqituvchisi (Misr):

Soʻnggi yillarda allomalar yurti boʻlmish Oʻzbekistonda ajdodlar merosini oʻrganishga alohida eʼtibor berilmoqda. “Yangi Oʻzbekiston” shiori ostida koʻplab islohotlar amalga oshirilmoqda, ilmiy muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Xususan, yangi tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot markazlari buyuk allomalar merosi bilan ishlash, ularni tarjima qilish ishlarini yangi bosqichga olib chiqdi. Ular orasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi alohida oʻrin tutadi.

Allomaning maʼnaviy merosini Oʻzbekiston sharoitida oʻrganish, keng jamoatchilik orasida targʻib qilish bugunning muhim vazifalaridan biridir. Chunki, birinchidan, alloma Movarounnahrdan yetishib chiqqan ulamolarning peshqadamlaridan va uning asarlari oʻzidan keyin kelgan ulamolar ijodi uchun poydevor vazifasini oʻtagan. Unga shogird darajasidagi mutafakkirlarning merosi chuqur va qayta-qayta oʻrganilayotgani barobarida allomaning hayoti va ilmiy faoliyatini tadqiq etish tarixiy adolatni tiklashga xizmat qiladi. Ikkinchidan, Abd ibn Humayd Keshiy merosi ijtimoiy-axloqiy masalalarni jamlagani, goʻzal fazilatlarni targʻib etishi, illatlardan qaytarishga qaratilgan gʻoyalarni qamragani bilan bugungi kun uchun gʻoyat ahamiyatlidir.

Bu asar oʻzbek xalqi tomonidan katta mamnuniyat bilan qarshilanadigan va sevib oʻqiladigan kitoblardan biri boʻlib qoladi, deb ishonaman.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

«TURK ABRUSI TARIXI»

22-may, 2024-yil soat 10:00 da Oʻtkazish joyi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi …