Home / YANGILIKLAR / Muftiy xalqaro konferensiyada muhim takliflarni ilgari surdi

Muftiy xalqaro konferensiyada muhim takliflarni ilgari surdi

7 iyun kuni Qohira shahrida boshlangan Islom olamida juda katta ahamiyatga ega boʻlgan anjumanning ochilish marosimida Muftiy Nuriddin domla hazratlari hozirgi kundagi eng muhim masalalarni ilgari surdilar.
Nufuzli tadbir Qurʼoni karim tilovati bilan boshlandi. Ochilish marosimida Misr Arab Respublikasi muftiysi Shavqiy Allom kirish soʻzi bilan ochib, zamonaviy tahdidlarning oldini olish, xususan, adashgan toifalar gʻoyalariga qarshi kurashishda ulamolarning ittifoqligi muhimligiga urgʻu qaratdi.

Xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida Muftiy Nuriddin domla hazratlari soʻzga chiqib, bugungi davrda gʻoyaviy tahdidlarning oldini olish uchun bir qator dolzarb takliflarni olgʻa surdilar. Xususan, Ahli sunna val jamoa aqidasini musulmonlar orasida xalqchil tarzda keng tarqatish hamda diniy ilmlarni oʻrgatishda moʻtadillik va oʻrtalik, “vasatiya”ga alohida ahamiyat berish lozimligi, shu bilan bir qatorda ekstremizmga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirib, ayniqsa, islomiy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularni yagona maqsad sari yoʻnaltirish zarurligi toʻgʻrisida takliflarni taqdim etdilar.

Mazkur arab tilida qilingan nutq va barcha uchun dolzarb ahamiyatga ega boʻlgan amaliy takliflar anjuman ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi. Ayniqsa, Yirik ulamolar kengashi aʼzosi professor, Ali Juma, Bosniya va Gersogoviniya sobiq muftiysi Shayx Mustafo Ibrohim kabilar alohida eʼtirof etdilar.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Manba: Muslim.uz

Check Also

“Daloilul xayrot” va uning Markaziy Osiyodagi qoʻlyozmalari”

DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari …