Home / FOTO LAVHALAR / MARKAZLAR TALABALARGA NASHRLARINI TAQDIM QILISHDI

MARKAZLAR TALABALARGA NASHRLARINI TAQDIM QILISHDI

Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti hamkorligida mazkur institut talabalari uchun markazlar tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdimoti oʻtkazildi.

Tadbirda markazlar ilmiy xodimlari, institut professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Taqdimotda talabalarga Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining jami 15 nomdagi va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 32 nomdagi ilmiy-maʼrifiy adabiyot namunalari namoyish etildi.

   

Tadbirning ochilishida institut kafedra mudiri, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Obid Tangirov, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari Farrux Saydullayev va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi Tohir Evadullayevlar soʻz olishib, yurtimizda diniy-maʼrifiy soha rivojiga qaratilayotgan eʼtibor hamda alloma ajdodlarimiz ilmiy-maʼnaviy merosini izchil oʻrganish uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar ilmiy muassasalarning noshirlik faoliyatini yanada takomillashtirish, chop etilayotgan kitoblarning son va salmoq jihatidagi qiymatini oshirishga zamin hozirlayotganini taʼkidladilar.

Tadbirning asosiy maʼruzachilari allomalarimiz hayoti va ilmiy merosi mufassal oʻrganilib, ularning aqida va kalom ilmi rivojiga benazir hissa qoʻshgan bebaho asarlariga tegishli boʻlgan ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarni nashr etish, xalq va jahon jamoatchiligi oʻrtasida keng targʻib qilish hamda ushbu yoʻnalishdagi ilmiy tadqiqotlarning tizimli tarzdagi davomiyligini taʼminlashga boʻlgan ehtiyoj nuqtai-nazaridan markazlar ilmiy xodimlari tomonidan nashr ettirilgan kitoblarning bugungi kundagi ahamiyatini yuksak baholadilar.

Taqdimot yakunida markazlar tomonidan Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti kutubxona fondi uchun bir necha adabiyotlar toʻplami hadya qilindi.

Institut rahbariyati tomonidan esa markazlarga taqdimot hamda taqdim qilingan kitoblar uchun tashakkurnomalar topshirildi.

 Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz rahbari – Samarqanddagi yirik anjumanda

Bugun, 3-may kuni Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Turkiyadagi Egey universiteti …