Home / FOTO LAVHALAR / Muftiy hazratlari “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga koʻchat ekib, umummilliy loyihada faol boʻlishga chaqirdilar

Muftiy hazratlari “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga koʻchat ekib, umummilliy loyihada faol boʻlishga chaqirdilar

Bugun, 5 aprel kuni “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida koʻchat ekish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari, turli millat vakillari va diniy konfessiya yetakchilari ishtirok etdilar.
Marosimda muftiy hazratlari tadbir ishtirokchilari qatori ushbu hududda tashkil etilgan “Bagʻrikenglik bogʻi”ga turli daraxt koʻchatlari oʻtqazdilar va bunday xayrli amallar bardavom boʻlishini soʻrab duo qildilar.
Mazkur tadbir Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotganini alohida qayd etish kerak. Zero, ushbu tashabbus barcha yurtdoshlarimizni yagona maqsad atrofida birlashtirdi, desak yanglishmagan boʻlamiz.
Chunki ayni bahor kunlari yurtimizda amalga oshirilayotgan koʻkalamzorlashtirish ishlari diyorimizning yanada yashillika burkanishiga sabab boʻlmoqda. Loyihaga koʻra, kelgusi besh yilda 1 milliard tup daraxt koʻchat ekish maqsad qilingan boʻlib, ayni kunlarda loyiha doirasida koʻplab koʻchat ekish, hududlarni obod qilish ishlari jadal davom etmoqda.
Mazkur xayrli loyiha doirasida shu yil 1 mart kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining bayonoti ham qabul qilindi. Bayonotda “Yashil makon” umummilliy loyihasining hayotimizda tutgan oʻrni haqida soʻz yuritilib, dinimiz taʼlimoti asosida barchani ushbu tadbirda faol ishtirok etishga chaqirish barobarida, qishloq-ovullarmiz, mahalla-koʻylarimizni obod qilish orqali yurtimizni bogʻu boʻstonga aylantirish nazarda tutilgan.
Ushbu savobli loyihada yurtimizdagi barcha masjidu mahallalarda uyushqoqlik bilan davom etib, masjidlar hududida yashil makonlar tashkil etish va koʻchat ekish ishlari faol davom etmoqda.
Zero, Islom dinimiz ham yerni obod qilish, koʻchat oʻtqazish masalalariga alohida fazilatli amal sifatida qarashini Muftiy hazratlari taʼkidladilar. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Agar bir musulmon banda koʻchat oʻtqazsa, yoki ekin eksa, undan biron insonmi, qushmi yoki hayvonmi yesa, buning uchun unga sadaqa qilinganning savobi boʻladi”, dedilar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

     

Manba: muslim.uz

Check Also

Tadqiqotini kutayotgan qoʻlyozmalar bisyor

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon …