Home / XALQARO YANGILIKLAR / Ziyorat turizmini rivojlantirishning dolzarb masalalari

Ziyorat turizmini rivojlantirishning dolzarb masalalari

28 aprel kuni Oliy Majlis Senati va Turizm va sport vazirligi tomonidan anʼanaviy va onlayn tarzda tashkil qilingan “Ziyorat turizmini rivojlantirishning dolzarb masalalari”ga bagʻishlangan xalqaro davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda ziyorat turizmini rivojlantirishga oid muammolar, dolzarb vazifalar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Darhaqiqat, keyingi yillarda Oʻzbekistonda turizmni iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Qator farmon va qarorlar asosida bu sohani oʻz taraqqiyotining mutlaq yangi bosqichiga koʻtarish boʻyicha koʻplab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ammo barcha mamlakatlarda boʻlganidek, Sovid-19 pandemiyasi Oʻzbekistonda ham turizm sohasiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Shunday esa-da, karantin payti va undan keyingi davrda mamlakatimizda turizm sohasini jadal rivojlantirishda ziyorat turizmiga alohida ahamiyat berildi.

Yurtimizda diniy-maʼrifiy yoʻnalishda faoliyat koʻrsatayotgan idora va tashkilotlar mutasaddilari, mahalliy va xorijiy turfirmalar vakillari ishtirok etgan davra suhbatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov oʻtgan davr mobaynida mazkur muassasa tomonidan xalqaro hamkorlik, ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi. Xususan, Oʻzbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ishtiroki, uning oʻrni va roli haqida soʻzlab, ishtirokchilarni Markaz tomonidan istiqbolda oʻtkazilishi rejalashtirilgan mahalliy va xalqaro miqyosdagi tadbirlardan boxabar qildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari Buxoro viloyatida oʻtdi

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda. Oʻtayotgan …