Home / YANGILIKLAR / Musulmonlari idorasi roʻzadorga makruh boʻlgan amallarni eslatib oʻtdi

Musulmonlari idorasi roʻzadorga makruh boʻlgan amallarni eslatib oʻtdi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi roʻzadorga makruh boʻlgan amallar — roʻzani buzmaydigan, ammo savobini kamaytiradigan, buzishga yaqin boʻlgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Makruh amal – shariatda yomon koʻrilgan, nomaqbul va xunuk ish sanaladi.

  • Roʻzador saqich yoki shunga oʻxshash narsani chaynashi makruhdir. Chunki koʻrgan odam roʻzador emas ekan degan xulosaga keladi.

Paygʻambarimiz salollohu alayhi vasallam “Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan boʻlsa, oʻzini shubhali oʻringa tashlamasin”, deganlar.

  • Roʻzador ayol yosh goʻdagiga yoki bemorga ovqatni chaynab bersa boʻladi. Bunda farzand ona sutiga toʻymaydigan boʻlsa hamda chaynab beriladigan taom boʻlsa joiz. Chaynamay ham yediriladigan taom boʻlsa, ogʻizga olib chaynab berish shart emas.
  • Ayol kishi shoʻrvani tatib koʻrishi makruhdir. Bu farz roʻzasida uzrsiz boʻlsa. Agar uzr sababli tatib koʻradigan boʻlsa, makruh hisoblanmaydi. Erning xulqi, feʼli yomon boʻlsa, uzr sanaladi. Farzdan boshqa, masalan, nafl roʻzada xoh uzr boʻlsin, xoh uzr boʻlmasin, taomni tatib koʻrish joizdir.

“Fathul qodir”da “kim bir narsani tatib koʻrsa, ogʻzi ochilmaydi, ammo makruh boʻladi”, deyilgan. Xulosa qilinsa, farz roʻza tutayotgan ayol erining xulqi yomon boʻlmasa, taomning mazasini, tuzini tatib koʻrishi yaxshi emas.

  • Kishi yogʻ yoki asalni sotib olayotganda yaxshisidan yomonini ajratib olish uchun uni tatib koʻrishi makruhdir.
  • Oʻpish, ushlash va quchoqlash agar gʻuslni vojib qiluvchi ishga sabab boʻlsa makuruhdir. Agar roʻzani buzuvchi ish sodir boʻlishidan qoʻrqmasa, joiz deganlar.
  • Xoh kunduzi, xoh kechki tomon boʻlsin, roʻzador hoʻl yoki quruq misvokni ishlatsa boʻladi. Koʻp ulamolar kuchli ehtiyoj va zarurat boʻlmasa, misvok qilish makruh, agar halqumga mazasi kelsa, roʻzani buzadi deganlar. Biz aytamiz: misvok xoh quruq, xoh hoʻl boʻlsin, xoh kunduzi xoh ogʻiz ochishga yaqin boʻlsin uni ishlatish joizdir.

Chunki hadisda Paygʻambarimiz salollohu alayhi vasallam Oisha onamizdan qilingan rivoyatda: “Ummatimga mashaqqat boʻlmaganida, ularni har namozda misvok qilishga buyurar edim”, deb aytganlar. Sahobalar ham Paygʻambarimizni roʻzadorlik holatlarida koʻp marotaba misvok qilayotganlarini rivoyat qilganlar.

  • Halqumga yutmay boshi va yuzidan salqinlanish maqsadida suv quyish, hoʻl lattaga oʻranib olish joiz. Tahoratdan boshqa oʻrinda esa, ogʻizga suv olib chayish makruhdir.
  • Tahorat asnosida ogʻiz va burunni mubolagʻa qilib chayish ham makurhdir.
  • Zuluk va shunga oʻxshash narsa vositasida koʻp qon oldirib tanani zaiflashtirish.
  • Ikki-uch kun iftorliksiz ulab roʻza tutish.
  • Koʻzga surma qoʻyish makruh emas. Yaʼni roʻzaga ziyon bermaydi.
Manba: xs.uz

Check Also

Seminar munozaralar maydoniga aylandi

Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat …