Home / YANGILIKLAR / 2021 (hijriy 1442) yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi

2021 (hijriy 1442) yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi

Bismillahir rohmanir rohim

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼatining milodiy 2021 (hijriy 1442) yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori boʻyicha

QARORI

Zakotning tillodan nisobi 85 gramm boʻlib, bugungi kunda 1 gramm tilloning oʻrtacha narxi 320 000 (uch yuz yigirma ming) soʻm ekani eʼtiboridan, bu yilgi ZAKOT nisobi 27 200 000 (yigirma yetti million ikki yuz ming) soʻm deb belgilandi.

Shunga koʻra, zarur ehtiyojdan tashqari bir yil davomida 27 200 000 (yigirma yetti million ikki yuz ming) soʻm va undan ortiq mablagʻga ega boʻlgan musulmon kishi jami mablagʻining qirqdan biri (1/40)ni hisoblab, uni zakot niyatida kambagʻal va faqirlarga beradi.

Fitr sadaqasining miqdori bugʻdoydan yarim soʼ (2 kg.), arpadan bir soʼ (4 kg.), mayizdan yarim soʼ (2 kg.) va xurmodan bir soʼ (4 kg.)dir.

Bugungi kunda mazkur mahsulotlarning Toshkent shahar bozorlaridagi narxlari oʻrganilganda 1 kg bugʻdoy oʻrtacha 5 ming soʻm, 1 kg arpa oʻrtacha 3,5 ming soʻm, 1 kg mayiz oʻrtacha 40 ming soʻm va 1 kg xurmo oʻrtacha 35 ming soʻm ekani maʼlum boʻldi.

Shunga koʻra, FITR sadaqasining miqdori:

  • bugʻdoydan kg 10 000 (oʻn ming) soʻm;
  • arpadan 4 kg 14 000 (oʻn toʻrt ming) soʻm;
  • mayizdan 2 kg 80 000 (sakson ming) soʻm;
  • xurmodan 4 kg 140 000 (bir yuz qirq ming) soʻm deb belgilandi.

Har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu toʻrt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya qiladi.

Fidya miqdori bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati qiymatida boʻlib, bugungi kunda bu oʻrtacha 25 000 (yigirma besh ming) soʻmga toʻgʻri kelganidan, bu yilgi FIDYA miqdori bir kun uchun 25 000 (yigirma besh ming) soʻm, bir oyga 750 000 (yetti yuz ellik ming) soʻm deb belgilandi.

 

Eslatma: Mazkur qiymatlar Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat oʻz bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi. 

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼati
Manba: muslim.uz

Check Also

Tadqiqotini kutayotgan qoʻlyozmalar bisyor

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon …