Home / FOTO LAVHALAR (page 4)

FOTO LAVHALAR

“Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki”

Obod yurtning fayzi, tarovati oʻzgacha boʻladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada koʻrkam boʻlishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim oʻrin tutadi. Bugun butun mamlakatimiz boʻylab umumxalq xayriya hashari oʻtkazilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16 – 18-mart kunlari Navroʻz bayrami arafasida xayriya …

Batafsil

Hamkorlikning huquqiy asosi istiqboldagi imkoniyatlar koʻlamini kengaytiradi

Bugun, 15-mart kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Turkiya Qoʻlyozma asarlar Bosh boshqarmasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlikka oid anglashuv memorandumi imzolandi. Istanbulda joylashgan Boshqarma yozma va bosma asarlarni toʻplash, saqlash, ularni ilmiy hamda madaniy sohalarga tatbiq etish bilan shugʻullanadigan davlat muassasasi boʻlib, qoʻlyozmalarga ixtisoslashgan kutubxona sifatida faoliyat yuritadi. Anqara, Istanbul …

Batafsil

Maʼnaviyatni anglashga oid yangi kitob taqdimoti

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari hamda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professor-oʻqituvchilari hammuallifligida nashr etilgan “Sinergetika-3: maʼnaviy meros” nomli kitob taqdimoti oʻtkazildi. Unda Markaz ilmiy xodimlari, mamlakatimizdagi bir qator oliy oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari, faylasuf olimlar va …

Batafsil

Markazlar rahbarlari – Uchtepa tumanida

6-mart kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbar xodimlari poytaxtning Uchtepa tumanida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazdi. Unda Uchtepa va Yunusobod tumanlari hokimlarining oʻrinbosarlari va ijtimoiy soha xodimlari, davlat tashkilotlarining tumanlardagi boʻlimlari mutasaddilari, mahalla raislari, hududlardagi hokim yordamchilari, …

Batafsil

Targʻibot tadbirlari – Xivada

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari 6 mart kuni targʻibot tadbirini Xiva tumanida oʻtkazdi. Unda tuman hokimi oʻrinbosarlari, ijtimoiy soha vakillari, davlat tashkilotlarining joylardagi boʻlimlari mutasaddilari, mahalla raislari, hududlardagi hokim yordamchilari, mahalla xotin-qizlar faollari, maktabgacha taʼlim …

Batafsil

Sivilizatsiyalar almashuvi va hamkorligi jamgʻarmasi rahbarining tashrifi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 5 mart kuni AQSHning Sivilizatsiyalar almashuvi va hamkorligi jamgʻarmasi (CECF) asoschisi va rahbari doktor Muhammad Bashor Arafot mehmon boʻldi. Olim bilan uchrashuvda direktor oʻrinbosari O.Muhammadiyev yurtimizdagi diniy-maʼrifiy islohotlar va ularning samarasi oʻlaroq tashkil etilgan yangi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari haqida soʻz yuritib, mehmonni Markaz …

Batafsil

Xorazmdagi tadbirlar Xonqa va Xazoraspda davom etdi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari 5 mart kuni Xorazm viloyatining Xonqa va Xazorasp tumanlarida targʻibot uchrashuvlarini oʻtkazdi. Tadbirlar tumanlar rahbar xodimlari, ijtimoiy soha vakillari, viloyat hokimligi masʼullari, mahalla raislari, hududlardagi hokim yordamchilari, mahalla xotin-qizlar faollari, …

Batafsil

Poytaxtdagi tadbirlar qizgʻin davom etmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbar xodimlari 5 mart kuni Shayhontohur tumanida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv oʻtkazdi. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida tashkil etilgan tadbirda Shayhontohur tumani hokimining oʻrinbosarlari va ijtimoiy soha xodimlari bilan birga, mahalla raislari, hududlardagi hokim …

Batafsil

Targʻibot tadbirlari – Toshkent shahrida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari rahbar xodimlaridan iborat targʻibot guruhi 4 mart kuni Toshkent shahrida ish boshladi. Olmazor tumanida ijtimoiy soha xodimlari uchun oʻtkazilgan tadbirda tuman hokimi oʻrinbosarlari, davlat tashkilotlarining tumandagi boʻlimlari mutasaddilari, oilaviy poliklinikalar rahbarlari, mahalla raislari, hududlardagi …

Batafsil

Navbatdagi hudud – Xorazm

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari 4 mart kuni Xorazm viloyatidagi targʻibot tadbirlarini boshladi. Urganchda shahar maʼmuriyati rahbarlari, ijtimoiy soha xodimlari, viloyat hokimligi masʼul vakillari, davlat tashkilotlarining joylardagi boʻlimlari mutasaddilari, mahalla raislari, hududlardagi hokim yordamchilari, mahalla xotin-qizlar faollari, diniy soha …

Batafsil