Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “XXI ASR: FALSAFA VA FIZIKANING KUTILAYOTGAN UYGʻONISHI (RЕNЕSSANSI)” mavzuidagi xalqaro ilmiy seminar oʻtkazildi. Onlayn va anʼanaviy tarzda tashkil etilgan seminarda Markaz ilmiy xodimlari, hamkor tashkilotlar, yurtimiz va xorijdagi ilmiy doiralar vakillari, tadqiqotchilar, jamoat va din arboblari ishtirok etdi. Seminarni Markaz direktori, tarix fanlari doktori, …
BatafsilHamkorlikka tamal toshi qoʻyildi
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Eron Islom Respublikasidagi Al-Mustafo xalqaro universitetining tilshunoslik va islom taʼlimi boʻlimi mudiri Ali Purmand Muhsiniy rahbarligidagi delegatsiya keldi. Markaz direktori Shovosil Ziyodov mehmonlarni qabul qilib, ilmiy faoliyat davomida erishilgan natijalar xususida maʼlumot berdi. Delegatsiya aʼzolari yaratilgan sharoitlar hamda mehnat samaralaridan mamnuniyat izhor etib, ilmiy jamoa …
BatafsilMARKAZ XALQARO TURIZM FЕSTIVALI QATNASHCHILARINI QARSHI OLDI
Shu kunlarda Oʻzbekiston boʻylab davom etayotgan III Xalqaro Naqshbandiya turizm festivali qatnashchilari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida mehmon boʻldi. Festival 2022 yil noyabr oyida yurtimizda oʻtkazilgan Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi mobaynida Jahon soʻfiylar markazi Bosh kotibi Abdulkarim Hadoid bilan erishilgan kelishuvga asosan tashkil etilgan boʻlib, 22 fevral kuni poytaxtimizda start …
BatafsilISLOM – TINCHLIK VA MAʼRIFAT DINI
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialida ”Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Islom – tinchlik va maʼrifat dini” mavzuida maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Markaz direktorining oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Otabek Muhammadiyev, boʻlim boshligʻi Tohir Evadullayev, filial direktorining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar …
BatafsilMARKAZGA MASHHUR ASAR NUSXASI KЕLTIRILDI
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga muhaddislar sultoni qalamiga mansub “Al-Jomeʼ as-sahih” asarining 3 jilddan iborat arab va indonez tillaridagi nusxasi olib kelindi. Kitoblar Markazga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining oʻrinbosari, Osiyo va Tinch okeani boʻyicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi ijrochi kotibi Armida Alisjabana tomonidan taqdim etildi. Alisjabana xonim oʻtgan yilning …
BatafsilTURKIYALIK HADISSHUNOS OLIMLAR – MARKAZ MЕHMONI
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Anqara Yildirim Boyazid universiteti katta ilmiy xodimi Aliasqarxon Qosimov hamrohligida Turkiya Respublikasining Diniy ishlar vazirligi fatvo hayʼati raisi, Anqara universiteti professori, Ilohiyot fakultetining hadisshunoslik boʻlimi mudiri Enbiya Yildirim va Ordu universiteti dotsenti Yunus Yazichi tashrif buyurdi. Markaz direktori Shovosil Ziyodov mehmonlarga bu yerda olib …
BatafsilMARKAZNING XALQARO ALOQALARI GЕOGRAFIYASI KЕNGAYMOQDA
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Avstriya Fanlar akademiyasi huzuridagi Eronshunoslik instituti oʻrtasida oʻzaro hamkorlikka oid Anglashuv memorandumi imzolandi. 1847 yilda bilimdonlar jamiyati sifatida tashkil etilgan Avstriya Fanlar akademiyasi bugungi kunda ushbu mamlakatdagi eng yirik ilmiy-tadqiqot muassasasi boʻlib, uning 800 ga yaqin aʼzosi va 1800 nafar xodimi bor. Akademiya madaniyat …
BatafsilSHOH VA SHOIR YODI BARHAYOT
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan “Zahiriddin Muhammad Bobur ilmiy-maʼnaviy merosining bugungi kundagi ahamiyati” mavzuida tadbir boʻlib oʻtdi. Markaz direktori Shovosil Ziyodov Mirzo Boburning ibratli hayot yoʻli, yuksak insoniy fazilatlari, asarlarida tarannum etilgan gʻoya …
BatafsilNAVOIY DAHOSIGA EHTIROM
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda Markaz rahbariyati va ilmiy jamoasi hamda Samarqand davlat universiteti olimlari ishtirok etdi. Tadbirda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mumtoz adabiyoti kafedrasi dotsenti Sobirjon Tohirovning …
BatafsilMARKAZ XODIMLARI ILMIY-AMALIY SЕMINARDA MALAKA OSHIRDI
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Qadimiy yozma manbalar konservatsiyasi va restavratsiyasi” mavzuida ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu anjumanda Markaz …
Batafsil