Home / FOTO LAVHALAR (page 46)

FOTO LAVHALAR

MARKAZ RAHBARI TURKIYADAGI YIRIK XAYRIYA TASHKILOTLARIDAN BIRIDA BOʻLDI

Ayni kunlarda Turkiya safarida boʻlib turgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov Istanbuldagi İLAM ilmiy-tadqiqot markazi kutubxonasi va Aziz Mahmud Xudoyi Vaqfiga tashrif buyurib, Vaqfning xalqaro aloqalar boʻyicha mutasaddi vakili Abdurahmon Toʻpbosh bilan uchrashdi. Mahmud Xudoyi Vaqfi XVI asrda Turkiyada yashab oʻtgan yetuk diniy ulamo, maʼnaviyat targʻibotchisi Aziz …

Batafsil

DЕLЕGASIYAMIZ VAKILLARI TURKIYA SAFARIDA XALQARO KONFЕRЕNSIYA ISHIDA ISHTIROK ETISHMOQDA

Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat delegatsiya Turkiya Respublikasiga tashrifining uchinchi kunida Istanbul shahridagi Sulton Ahmad majmuasida joylashgan Dorul Maxtutot markazida oʻtkazilayotgan “Hijriy yettinchi asr qoʻlyozmalari: ilmlar va olimlar” nomli xalqaro konferensiyada ishtirok etishmoqda. Dunyoning turli mamlakatlaridan oʻttiz nafarga yaqin olimlar qatnashayotgan mazkur konferensiya ishida delegatsiyamiz aʼzolari ham maʼruza bilan chiqish …

Batafsil

MARKAZNING NAVBATDAGI MЕHMONI – ELCHI XONIM

Joriy yilning 4 noyabr kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Misr Arab Respublikasining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Amira Fahmiy xonim tashrif buyurdi. Mehmonni Markaz direktori oʻrinbosari O.Muhammadiyev kutib oldi. Elchi xonim tashrif avvalida Markaz muzeyidan oʻrin olgan Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosiga doir eksponatlar va nodir qoʻlyozma nusxalarini …

Batafsil

Malayziyaning “Eng yaxshi xususiy tadbirkorlik universiteti” delegatsiyasi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Malayziya fan va menejment universiteti Prezidenti professor Mohd Shukri Ab Yazid boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Malayziya fan va menejment universiteti 2001 yilda tashkil etilgan boʻlib, ayni paytda jahon reytingida 551 oʻrinni, Osiyo davlatlari reytingida esa 139 pogʻonani egallab turibdi. Jami 11 ta fakultetda 100 dan …

Batafsil

Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universitetida Oʻzbekiston bogʻi barpo etilmoqda

Turkiya safari davomida Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari ilmiy xodimlaridan iborat delegatsiya vakillari Anqara Yildirim Boyazid universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif doirasida delegatsiya vakillari universitet rektori professor Ibrahim Aydinli bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, Anqara Yildirim …

Batafsil

Anqara shahridagi Turkiya Milliy kutubxonasi maʼmuriyati bilan uchrashuv

Ayni kunlarda Turkiyada amaliy safarda boʻlib turgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlaridan iborat delegatsiya Anqaradagi Turkiya Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdi. Tashrif avvalida tomonlar kutubxona va markazlar faoliyati bilan tanishdilar. Milliy kutubxonadagi kitoblar va qoʻlyozmalar haqida maʼlumotlar olindi. Unga koʻra hozirda kutubxonaning qoʻlyozmalar …

Batafsil

Delegatsiyamiz aʼzolari Turkiya millat kutubxonasida boʻlishdi

Turkiya safarining dastlabki kuni yakunida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlaridan iborat delegatsiya vakillari Turkiya millat kutubxonasiga ham tashrif buyurib, u yerdagi nodir qoʻlyozmalar, qadimiy hamda zamonaviy manbalar bilan yaqindan tanishdilar. Eʼtiborli jihati shundaki, mazkur kutubxonada Oʻzbekiston burchagi ham tashkil qilingan boʻlib, unda …

Batafsil

Islom tafakkuri instituti Turkiya safarining navbatdagi manzili boʻldi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillaridan iborat delegatsiya tashrifning birinchi kunida Islom tafakkuri institutiga ham bordi.    Delegatsiya aʼzolari institut rahbari professor Mehmet Gyormez bilan uchrashib, oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Muloqot chogʻida erishilgan kelishuvlar hamda bildirilgan amaliy takliflar asosida Turkiyaning Islom …

Batafsil

Anqara universitetida davra suhbati

Avval xabar qilganimizdek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat delegatsiya ayni kunlarda Turkiyada amaliy tashrif bilan boʻlib turibdi. Tashrifning birinchi kuni davomida Anqara universiteti Ilohiyot fakulteti oʻqituvchilari bilan davra suhbati tashkil qilindi. Ular bilan allomalarimiz taʼlimotlari asosida bugungi kun global muammolariga yechim topish, …

Batafsil

Delegatsiya aʼzolari Anqara universitetida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlaridan iborat delegatsiya vakillari Anqara universiteti Ilohiyot fakultetiga ham tashrif buyurib, fakultet dekani professor Shamil Dagʻji bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturidiy xalqaro …

Batafsil