Home / FOTO LAVHALAR (page 40)

FOTO LAVHALAR

MARKAZLAR TALABALARGA NASHRLARINI TAQDIM QILISHDI

Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti hamkorligida mazkur institut talabalari uchun markazlar tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdimoti oʻtkazildi. Tadbirda markazlar ilmiy xodimlari, institut professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdi. Taqdimotda talabalarga Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining jami 15 nomdagi va Imom Termiziy …

Batafsil

MARKAZ NASHRLARI KOʻRGAZMAGA KOʻRK BAGʻISHLADI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasi maydonida “Kitob – kamolot kaliti” mavzusida tashkil etilgan ilmiy-maʼrifiy kitoblar koʻrgazmasida jamoa tomonidan nashr etilgan adabiyotlar bilan ishtirok etmoqda. Oʻzbekistonda ilk marotaba ochiq osmon ostida oʻtkazilayotgan koʻrgazmada yurtimizda faoliyat yuritayotgan koʻp sonli …

Batafsil

KITOBLAR KOʻRGAZMASI QIZGʻIN PALLAGA KIRDI

Ayni soatlarda Hasti Imom majmuasi maydoni kitobsevar yurtdoshlarimiz bilan gavjum. Oʻnlab nashriyot va bosmaxonalar hamda diniy-maʼrifiy markazlar ilmiy-maʼrifiy kitoblar koʻrgazmasida oʻz nashrlarini namoyish etishmoqda. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy adabiyotlari mazkur koʻrgazmaning markazidan oʻrin olgan boʻlib, koʻplab kitobxonlar eʼtiborini tortmoqda. Ayniqsa Malayziyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Xendi Assan …

Batafsil

MARKAZ XALQARO STIPЕNDIYANING ILK SOVRINDORINI QARSHI OLDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan taʼsis etilgan Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturining ilk gʻolibi – Malayziya milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti dotsenti Mohd Al Adib Samuri markazga keldi.  Stipendiat direktor Shovosil Ziyodov tomonidan kutib olinib, Markaz va uning faoliyati, muzey hamda undagi tarixiy eksponatlar, kutubxona, ilmiy jamoa …

Batafsil

Muftiy hazratlari “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga koʻchat ekib, umummilliy loyihada faol boʻlishga chaqirdilar

Bugun, 5 aprel kuni “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida koʻchat ekish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari, turli millat vakillari va diniy konfessiya yetakchilari ishtirok etdilar. Marosimda muftiy hazratlari tadbir ishtirokchilari qatori ushbu hududda tashkil etilgan “Bagʻrikenglik bogʻi”ga turli daraxt koʻchatlari oʻtqazdilar va bunday xayrli amallar …

Batafsil

Internet ezgulikka xizmat qilsin

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida “Axborot xurujlari va ularni oldini olishning maʼnaviy-maʼrifiy, diniy asoslari” mavzusida targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda Markaz diniy-maʼrifiy tadbirlar boʻlimi boshligʻi Tohir Evadullayev, ilmiy xodim Jonibek Jumayev, oliy taʼlim muassasasi ilmiy jamoasi …

Batafsil

Xayrli ishlar bardavom boʻladi

Ayni kunlarda mamlakatimizda boʻlib turgan Turkiyaning Diyonat ishlari boshqarmasi, Diyonat vaqfi va Anadolu axborot agentliklari hamda Germaniyaning Diyonat ishlari Turk-islom birligi tashkiloti vakillaridan iborat delegatsiya Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Markazga tashrif buyurdi. Xorijlik mehmonlar direktor Shovosil Ziyodov boshchiligida ilmiy xodimlar tomonidan kutib olindi va …

Batafsil

Samarqandlik allomalar ilmiy merosi xorijlik tadqiqotchi nigohida

Ayni paytda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ilmiy izlanishlar olib borayotgan Turkiyaning Anqara universiteti ilohiyot fakulteti doktoranti Mine Demirbilek ilm istagida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. Turkiyalik yosh tadqiqotchi “Hijriy IV-V asrlarda Movarounnahr mintaqasi hanafiylari oʻrtasidagi farqlar” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida tadqiqotlar olib …

Batafsil

Yakunlangan trening hali davom etadi

Oʻtayotgan hafta soʻngida AQSH Tinchlik instituti tomonidan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari uchun “Tinchlik uchun pedagogika” dasturi doirasida “Strategik rejalashtirish va tatbiq etish” mavzusida Buxoro shahrida oʻtkazilgan 5 kunlik amaliy trening mashgʻulotlari nihoyasiga yetdi. Mashgʻulotlar yakunida Markaz direktori Shovosil Ziyodov soʻzga chiqib, trenerlarga alohida minnatdorlik izhor etdi va trening …

Batafsil

Buxoroliklarning Buxoriy borasidagi bilimlari bisyor

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Buxoro Davlat universitetida talaba-yoshlar uchun “Ajdodlar merosi – yoshlarga ibrat” mavzusida maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Erkin tarzda va savol-javob yoʻsinida tashkil etilgan tadbirda Markaz rahbariyati va ilmiy xodimlari hamda universitet talabalari ishtirok etdi. Dastavval tadbir davomida Markaz boʻlim boshligʻi Tohir Evadullayev moderatorligi ostida ulugʻ allomalarimiz …

Batafsil