Home / FOTO LAVHALAR (page 22)

FOTO LAVHALAR

STIPЕNDIAT AMALIYOTI YAKUNIGA YETDI

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya sovrindori dr. Derya Idikurt Markazda oʻtayotgan amaliyoti yakun topgani munosabati bilan ilmiy tadqiqotlarining hisobot-taqdimotini oʻtkazdi. Amaliyotchi bu yerdagi ilmiy faoliyatida qoʻlga kiritgan natijalari sarhisobini keltirib, amaliy koʻmak uchun Markaz jamoasiga samimiy minnatdorlik bildirdi. Dr.Idikurt soʻnggi ikki oy mobaynida “Istanbuldagi buxorolik olim Shayx Sulaymon Afandi” mavzusidagi ilmiy …

Batafsil

AJDODLAR MЕROSIDAN AVLODLAR BAHRA OLSIN

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga ayni kunlarda mamlakatimiz boʻylab safar qilayotgan Amerika Qoʻshma Shtatlari, Singapur, Turkiya, Malayziya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Braziliya, Niderlandiya, Misr Arab Respublikasining islom ilmlari boʻyicha 20 dan ortiq olimlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Ispaniyadagi Kordoba akademiyasi asoschisi Shayx Muhammad Daniyel rahbarlik qilayotgan delegatsiyani Markaz direktori oʻrinbosari, tarix …

Batafsil

OLIMLARIMIZ MAQOLALARI EʼTIROF ETILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 4 nafar tadqiqotchisining ilmiy maqolalari yaqinda nashr qilingan “Islom sivilizatsiyasining musulmon olimlari” nomli xalqaro toʻplamda chop etildi. Malayziya va Oʻzbekistondagi 20 nafardan ortiq nufuzli olimning tegishli mavzulardagi maqolalari jamlangan mazkur toʻplamdan markaz direktori, tarix fanlari doktori Shovosil Ziyodovning “Movarounnahr kutubxonalari …

Batafsil

HAMKORLIKNING YANGI SAHIFASI OCHILDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Malayziya Milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti direktori, professor Fariza Binti Sham hamda institut direktori oʻrinbosari, dotsent Muhammad Al Adib bin Samuri va tadqiqochi Norshariani Binti Abdurahmon tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz direktori oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Otabek Muhammadiyev kutib oldi. Taʼkidlash lozimki, …

Batafsil

Xalqaro markazga tashrif

Singapur Prezidenti Halima Yaqub xonim Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va bu yerdagi muzey faoliyati bilan tanishdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro markazda zaminimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar, muhaddislar merosi tadqiq etilayotgani, qisqa vaqt ichida oʻnlab tarixiy kitoblar nashr etilgani haqida maʼlumot berildi. Muzeydagi tarixiy ashyolar, turli …

Batafsil

“TABARRUK ZIYORAT” LOYIHASI AMALDA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiya faxriy konsulliklari faoliyat olib borayotgan shaharlarning turk millatiga mansub fuqarolari, Yevropadagi turkiy jamoalar vakillaridan iborat bir guruh ziyoratchilar tashrif buyurdi. Tashrif Turkiy kengashga aʼzo mamlakatlardagi muqaddas qadamjolar boʻylab amalga oshirilayotgan “Tabarruk ziyorat” loyihasi doirasida tashkil etilgan boʻlib, Markazning Ziyorat turizmini rivojlantirish borasidagi salohiyatini yanada …

Batafsil

ISLOM – TINCHLIK TARAFDORI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Tunis fan, sanʼat va adabiyot akademiyasining sobiq Prezidenti, Tunis universiteti faxriy professori Abdulmajid Sharfiy tashrif buyurdi.     Mehmonni Markaz direktori oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Otabek Muhammadiyev va direktor Bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Turayev kutib olib, Markaz va muzey faoliyati …

Batafsil

ISLOMNING YIRIK MANBASIGA BITILGAN SHARHLAR TAHLIL QILINDI

Malayziya milliy universiteti Islom sivilizatsiyasi instituti tashabbusi bilan Islom sivilizatsiyasi olimlarining Uchinchi seminari oʻtkazildi. Islom tamaddunida ilohiyot, hadis, islom huquqi, tasavvuf, iqtisod, boshqaruv va menejment, tarix, falsafa, taʼlim, psixologiya, matematika, astronomiya, fan va texnologiya hamda tibbiyot sohalarining ahamiyatini keng oʻrganishga qaratilgan tadbir Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Oʻzbekistondagi …

Batafsil

AJDODLARGA MUNOSIB AVLOD BOʻLISH – HAM QARZ, HAM FARZ

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Gʻallaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Ajdodlarga munosib avlod boʻlaylik” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda maktab oʻquvchilari, oʻqituvchi-pedagoglar va Markaz ilmiy xodimlari ishtirok etdi. Markaz boʻlim boshligʻi Sh.Umarov yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada olib …

Batafsil

YANA BIR MUASSASA BILAN HAMKORLIKKA ASOS SOLINDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bugungi kunda dunyo miqyosida oʻttizdan ortiq nufuzli xalqaro tashkilot va ilmiy muassasalar bilan oʻzaro hamkorlikka oid anglashuv memorandumlarini imzolagan. Yaqinda yana bir ilmiy dargoh bilan hamkorlikka huquqiy asos solindi. Markaz bilan Moskva shahridagi Imom Muhammad al-Buxoriy nomidagi musulmonlar mahalliy diniy muassasasi oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi. …

Batafsil