Home / FOTO LAVHALAR (page 10)

FOTO LAVHALAR

TARGʻIBOT TADBIRLARI XORAZM VILOYATIGA KOʻCHDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari Xorazm viloyatidagi taʼlim muassasalari va mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilashga qaratilgan “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosidagi maʼrifiy tadbirlarni boshladi. Dastlab Urganch davlat universitetida uchrashuv tashkil etilib, talaba-yoshlar bilan mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, millatlararo totuvlik, diniy bagʻrikenglik va yosh avlod turli yot …

Batafsil

MAFKURAVIY TAHDIDGA MAFKURAVIY IMMUNITЕT VA BAGʻRIKЕNGLIK BILAN QARSHI TURILADI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Sh.Umarov va A.Mamadaliyev 17 noyabr kuni Muhammad Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida “Islom – tinchlik va maʼrifat dini” mavzusida targʻibot tadbirini tashkil etdi. 13-19 noyabr kunlari mamlakatimizda eʼlon qilingan “Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida boʻlib oʻtgan anjumanda professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. …

Batafsil

MARKAZ DIRЕKTORI XALQARO ANJUMANDA MAʼRUZA QILDI

Poytaxtimizda 16 noyabr kuni – “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” munosabati bilan “Millatlararo va dinlararo bagʻrikenglik – samarali hamkorlikning muhim omili” mavzusida xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi. Mamlakatimizdagi davlat idoralari, diniy va jamoat birlashmalari, milliy-madaniy markazlar, oliy taʼlim va ilmiy muassasalar rahbarlari, nodavlat-notijorat va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etgan anjumanda Imom Buxoriy xalqaro …

Batafsil

TALABALAR ISHTIROKIDA TURKUM TADBIRLAR

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida talaba-yoshlar uchun “Oʻzbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik yurti” mavzusida ilmiy-maʼrifiy tadbir tashkil etdi. Mamlakatimizda davom etayotgan “Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida oʻtkazilgan tadbirda ilmiy xodimlar J.Jumayev va B.Mahmudov yigʻilganlarga mamlakatimizda dinlararo tolerantlik, etnik hamjihatlik, eʼtiqod va vijdon erkinligini taʼminlash yuzasidan …

Batafsil

GLOBALLASHUV SHAROITIDA ISLOM SIVILIZATSIYASINING OʻRNI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Malayziya Bosh vaziri huzuridagi Dinlararo totuvlik qoʻmitasi aʼzosi, Malayziya islomni anglash instituti (IKIM) raisi, professor Muhammad Nur Manuti rahbarligidagi ilmiy delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlar Markaz muzeyi va kutubxonasi faoliyati, jamoa erishgan ilmiy muvaffaqiyatlar bilan yaqindan tanishdi. Delegatsiya aʼzolari xodimlarning yuqori ilmiy salohiyati, nashr etilayotgan adabiyotlarning …

Batafsil

Fiqhni oʻrganishda shurut ilmining ahamiyati

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon vohasi madaniy boyliklari” turkumida galdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Markaz xodimlari, yurtimiz va xorijdagi ilmiy muassasalar tadqiqotchilari, shuningdek, Misr, Germaniya, Avstriya va Turkiyadan olimlar ishtirok etdi. Seminarda Qohiradagi Amerika universiteti dotsenti Ahmad Xon “Oʻrta …

Batafsil

Markazda xalqaro tadbir boshlanish arafasida

Bugun, 15 noyabrda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Malayziya Islomni anglash instituti bilan hamkorlikda “Islom sivilizatsiyasi tashabbuslarining tiklanishi” mavzusida xalqaro davra suhbati oʻtkazilishi rejalashtirilgan.        Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 11.00 da boshlanadi. Davra suhbatini Markazning You Tube tarmogʻidagi rasmiy sahifasi orqali onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Matbuot xizmati

Batafsil

MARKAZ RAHBARI NUFUZLI ANJUMANDA QATNASHDI

Poytaxtimizda 14 noyabr kuni “Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti 80 yoshda” mavzusida anjuman boʻlib oʻtdi. Mamlakatimizning yetakchi ilmiy va madaniy muassasalari rahbarlari, qator xorijiy tashkilotlar vakillari, yetuk olimlar, fan va madaniyat arboblari ishtirok etgan anjumanda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari doktori Shovosil Ziyodov …

Batafsil

MARKAZNING NAVBATDAGI MЕHMONI – SAUDIYA ARABISTONI RASMIY VAKILI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga BMTning Choʻllanish, yerlarning degradatsiyasi va qurgʻoqchilikka qarshi konvensiyasi ijrosini koʻrib chiqish qoʻmitasining Samarqandda oʻtkazilayotgan 21-sessiyasi (CRIC-21) doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan Saudiya Arabistoni Podshohligining atrof-muhit, suv va qishloq xoʻjaligi vaziri Usoma Ibrohim boshchiligidagi delegatsiya keldi. Delegatsiya aʼzolarini Markaz direktorining oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev kutib oldi va muzey …

Batafsil

TURKIYA HUQUQ-TARTIBOT IDORALARI VAKILLARI MARKAZ MЕHMONI BOʻLDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiya Jandarmeriyasi Bosh qoʻmondonining oʻrinbosari general-leytenant Husayn Kurtoʻgʻli rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz direktorining oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev qarshi olib, muzey faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Imom Buxoriyning hayot yoʻli va ilmiy faoliyati haqida hikoya qiluvchi eksponatlar delegatsiya aʼzolarida katta taassurot qoldirdi. Muloqot chogʻida mehmonlarga Markaz …

Batafsil