Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiyaning “Irshod” nashriyoti vakillari tashrif buyurdi. Markazning ushbu matbaa uyi bilan hamkorligi 2019-yilda boshlangan. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyunda qabul qilingan “Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining kutubxona fondini xorijiy adabiyotlar bilan boyitish toʻgʻrisida”gi qarori asosida yurtimizdagi islomshunos va sharqshunos olimlardan iborat Ishchi guruhning Turkiyaga safari asnosida …
BatafsilXorazm fiqhshunosligini har qancha oʻrgansa arziydi
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Xorazm hanafiy mazhabi namoyandalari va ularning qarashlari” mavzusida xalqaro seminar oʻtkazildi. Markaz ilmiy xodimlari, Jazoir, Fransiya, Qirgʻiziston va Turkiyadan olimlar qatnashgan anjumanda Qirgʻiziston-Turkiya Manas universiteti ilmiy xodimi, Imom Buxoriy xalqaro stipendiyasi sovrindori, ayni kunlarda Markazda ilmiy amaliyot oʻtayotgan Ulanbek Qalmurza oʻgʻli mavzu yuzasidan maʼruza qildi. …
BatafsilTadqiqotini kutayotgan qoʻlyozmalar bisyor
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon vohasi madaniy boyliklari” turkumida navbatdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Markaz xodimlari, yurtimiz va xorijdagi ilmiy muassasalar tadqiqotchilari, shuningdek, Germaniya, Avstriya va Turkiyadan olimlar ishtirok etdi. Seminarda Collège de France huzuridagi Turkiya, Usmoniylar, Bolqon va …
BatafsilQoʻlyozmalar – ilm manbai va bilim bulogʻi
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Movarounnahr muhaddislari asarlarining Jazoirda saqlanayotgan qoʻlyozma nusxalari” mavzusida xalqaro davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda Markaz ilmiy xodimlari, Jazoir, Fransiya, Qirgʻiziston va Turkiyadan olimlar ishtirok etdi. Jazoirda tadqiq etish dolzarb boʻlgan koʻp ming nusxali qoʻlyozma namunalari mavjud boʻlib, ular orasida Movarounnahr muhaddislari qalamiga mansub boʻlganlari ham …
BatafsilMarkazning navbatdagi mehmoni – Birlashgan Arab Amirliklaridan
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga BAA Sharja Amirligi Meros instituti Arxeologiya boshqarmasi Bosh direktori Iso Yusuf tashrif buyurdi. Mehmonni Markaz direktori Shovosil Ziyodov kutib oldi va Muzey faoliyati bilan tanishtirdi. Iso Yusuf Sharja Meros instituti rahbari Shayx doktor Sulton ibn Muhammad Qosimiyning qizgʻin salomi va ezgu tilaklarini yetkazib, samimiy qabul …
BatafsilQirgʻizistonlik olimlar tashrifi
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Qirgʻiziston islom universitetining bir guruh olimlari tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev kutib oldi va muzey faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Qoʻshni davlat universitetining ustoz va murabbiylariga Markazda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, erishilgan muvaffaqiyatlar xususida maʼlumot berildi. Tashrif chogʻida muassasalararo hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga …
BatafsilYoshlar ogoh etildi
Kuni kecha Samarqanddagi Yoshlar markazida Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari bilan “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Radikalizm – jamiyat barqarorligiga tahdid. Talaba yoshlarni radikal aqidaviy oqimlar taʼsiridan asrash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Institut rahbariyati va talabalari, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat IIB terrorizmga …
BatafsilMarkaz rahbari – Samarqanddagi yirik anjumanda
Bugun, 3-may kuni Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Turkiyadagi Egey universiteti hamda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Ipak yoʻlida til, adabiyot, tarjima, turizm va madaniy meros sohasi tadqiqida innovatsion yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlandi. Ilm ahli va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtayotgan anjumanda …
BatafsilTargʻibot tadbirlari Buxoro viloyatida oʻtdi
Avval xabar berganimizdek, ayni paytda joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda. Oʻtayotgan hafta davomida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi Shukurillo Umarov Buxoro viloyatida faoliyat olib bordi. Markaz vakili Buxoro shahri, Imom Buxoriy nomidagi MFYda targʻibot ishlarini tashkil qilib, dastlab mahalla yettiligi aʼzolari va uyushmagan yoshlar …
BatafsilSeminar munozaralar maydoniga aylandi
Bugun, 2 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi bilan hamkorlikda “Oʻrta Osiyo qoʻlyozmalari kodikologiyasi elementlari” mavzusida oʻtkazilayotgan seminar-trening davom etdi. Mamlakatimizning turli burchaklaridan taʼlim, fan va madaniyat muassasalari olim va tadqiqotchilari, Markaz ilmiy xodimlari va Fransiya, Turkiya hamda Qirgʻizistondan kelgan olimlar ishtirokida …
Batafsil