Home / FOTO LAVHALAR (page 13)

FOTO LAVHALAR

TURKIYADA NUFUZLI ANJUMAN BOSHLANDI

 Turkiyaning Denizli shahrida Pamukkale universitetining Islom ilmlari instituti, Turkiyadagi “GAYE VAKFI” jamgʻarmasi hamda Qirgʻizistonning Oʻsh davlat universiteti hamkorligida “II Xalqaro Saraxsiy konferensiyasi” boshlandi. Uning ochilish marosimida universitet rektori, professor doktor Ahmad Qutlixon, Turkiya diyonat ishlari vaziri, muftiy Ali Erbosh, madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy soʻzga chiqdi. Konferensiyada 15 …

Batafsil

HAMKORLIKNI KUCHAYTIRISH MASALASI – KUN TARTIBIDA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev va boʻlim boshligʻi Mexrojiddin Amonov Turkiya Respublikasi Denizli shahrida boʻlib, Pamukkale universiteti rektori, professor doktor Ahmad Qutlixon boshchiligidagi taʼlim muassasasi rahbariyati bilan uchrashdi. Markaz bilan universitet oʻrtasida 2022 yil 29 avgustda oʻzaro hamkorlikka oid imzolangan memorandum asosida qator qoʻshma tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. …

Batafsil

ISLOM HAMJIHATLIK VA AHILLIKKA CHORLAYDI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari Musulmon jamiyatlarida tinchlikni qoʻllab-quvvatlash forumi bilan hamkorlikda “Islom dinida tinchlik” nomli risolani nashrga tayyorlashdi. Kitob Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning xulosasiga binoan, Birlashgan Arab Amirliklaridagi Tinchlik forumi raisi, yetuk ulamo Abdulloh bin Bayya tahriri ostida chop etilgan “Tinchlik” …

Batafsil

ISLOM – TINCHLIK VA MAʼRIFAT DINI

Bugun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Samarqand davlat chet tillar instituti hamkorligida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Islom – tinchlik va maʼrifat dini” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Anjumanda Markaz ilmiy xodimlari, institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, tyutor va talabalar ishtirok etdi. Soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda davlatning din …

Batafsil

Markazning yana bir xodimi ilmiy darajaga ega boʻldi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Jonibek Jumayev Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishida Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.      Markaz jamoasi diniy-maʼrifiy tadbirlar boʻlimi ilmiy xodimi Jonibek …

Batafsil

Muhim masalalar muhokama etildi

Joriy yilning 23 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Ilmiy Kengashi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Kun tartibiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-158-son farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi “Oʻzbekiston – …

Batafsil

Markaz ilmiy xodimi monografiyasi qozoq tiliga tarjima qilindi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Mexrojiddin Amonovning “Markaziy Osiyoda naqshbandiya-mujaddidiya tariqati (XVІІІ-XIX asrlar)” nomli monografiyasi Olmaota shahrida qozoq tilida nashr qilindi.   Yaqinda Qozogʻistonda “Oyxoja eshon” jamoat fondi va “Qojalar.kz” sayti shafeligida Oyxoja eshon tavalludining 250 yilligi munosabati bilan “Oyxoja va Sir …

Batafsil

Imom Buxoriy oʻgitlari – butun insoniyat uchun oʻrnak

Hadis ilmi maktabida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan asarlar taqdimoti boʻlib oʻtdi.  Unda Markaz ilmiy xodimlari Sh.Umarov, O.Neʼmatov va N.Qobilov maktab murabbiylari va talabalarga keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan kitoblarning oʻziga xos va boshqa nashrlardan farqli jihatlari xususida maʼlumotlar berdi.   Maʼrifiy muloqot tusini olgan taqdimot tadbirida talabalar …

Batafsil

TOHARISTON BILAN TIBЕT OʻRTASIDAGI MADANIY ALOQALAR

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon vohasi madaniy boyliklari” turkumida navbatdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Markaz xodimlari, Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya sovrindorlari, yurtimiz va xorijdagi ilmiy muassasalar tadqiqotchilari, shuningdek, Germaniya, Turkiya, Avstriyadan olimlar ishtirok etdi. Seminarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi …

Batafsil

TAHDIDLARDAN OGOH BOʻLAYLIK!

Targʻibot guruhi Pastdargʻom tumanidagi tadbirlarni 16 oktabr kuni “Xoncharbogʻ” va “Temirxoʻja” MFYlarda oʻtkazdi. Unda bugungi kunda koʻz oʻngimizda sodir boʻlayotgan iqtisodiy va ijtimoiy oʻzgarishlar ahamiyati haqida soʻz yuritilib, yigʻilganlarga turli mafkuraviy tortishuvlar keskin tus olayotgan davrda jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish har qachongidan ham muhim ekani toʻgʻrisida hayotiy misollar asosida …

Batafsil