Home / FOTO LAVHALAR / Markaziy Osiyoda maʼnaviy hamjihatlik va ilmiy anʼanalar

Markaziy Osiyoda maʼnaviy hamjihatlik va ilmiy anʼanalar

Kuni kecha Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo: Umumiy maʼnaviy-maʼrifiy meros – umumiy kelajak” mavzusida xalqaro kongress ish boshladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjondan kelgan yetakchi olimlar, ekspertlar, tarixchi, dinshunos va faylasuflar ishtirok etayotgan mazkur nufuzli tadbir mintaqadagi maʼnaviy merosni oʻrganish, saqlash va kelgusi avlodlarga yetkazish borasida muhim muloqot maydoniga aylanmoqda.

Kongress doirasida 14-noyabr kuni “Islom qadriyatlarini asrab-avaylash” mavzusida forum boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjonning diniy ehtiyojlar, maʼrifiy siyosat va tarixiy merosni tadqiq etish yoʻnalishidagi yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.

Forum doirasida islom tarixi, maʼnaviy meros, qadimiy qoʻlyozmalar, maʼrifat falsafasi, Movarounnahrda islom ilm-maʼrifatining rivojlanishiga doir mavzular yuzasidan ilmiy maʼruzalar tinglandi. Tadbir ishtirokchilari mintaqaning umumiy islomiy merosi, uning hozirgi maʼrifiy jarayonlarga taʼsiri va yosh avlod uchun ahamiyati boʻyicha oʻzaro fikr almashdi.

Anjumanda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov ham ishtirok etdi. Olim oʻz maʼruzasida Imom Buxoriy merosi, islom ilmiy tafakkurining Markaziy Osiyodagi oʻrni, hadis ilmining tarixiy ahamiyati va bugungi maʼnaviy muhitdagi oʻrni haqida atroflicha fikr bildirdi.

Forum doirasida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston mutaxassislari ilgari surgan ilmiy gʻoya va tashabbuslar, faol kechgan oʻzaro tajriba almashuv jarayoni mintaqadagi diniy-maʼrifiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ishtirokchilar Islom sivilizatsiyasi markazida tashkil etilgan ekspozitsiyalar, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va Hazrati Imom majmuasi faoliyati bilan tanishdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Oʻzbekistondagi millatlararo totuvlik tajribasi – xalqaro eʼtiborda

Shu kunlarda Islom dunyosining nufuzli Islamicity.org xalqaro internet platformasida Markaz direktorining oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha …