Home / FOTO LAVHALAR / YUNESKO 43-sessiyasida Oʻzbekiston ilmiy salohiyatining yangi namoyoni

YUNESKO 43-sessiyasida Oʻzbekiston ilmiy salohiyatining yangi namoyoni

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Toʻrayev YUNESKO Bosh konferensiyasining Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan 43-sessiyasida ishtirok etdi.

Maʼlumki, YUNESKO Bosh konferensiyasi soʻnggi 40-yil mobaynida ilk bor Parijdan tashqarida – Oʻzbekistonning durdonalaridan biri boʻlmish Samarqandda oʻtkazildi. Mazkur nufuzli tadbirda 190 mamlakatdan 2800 dan ziyod vakil qatnashdi.

Professor B.Toʻrayev “Amaldagi etika: ilgʻor texnologiyalardan inson farovonligi yoʻlida foydalanish” mavzusidagi maxsus panel mehmoni sifatida sunʼiy intellektdan foydalanish axloq-odobiga bagʻishlangan tadqiqotlar boʻyicha Beruniy nomidagi YUNESKO-Oʻzbekiston xalqaro mukofoti laureatlarini taqdirlash marosimida hamda mazkur yoʻnalishdagi davra suhbatida ishtirok etdi.

Tadbir doirasida YUNESKOning mashhur “Courier” jurnali buyuk alloma Abu Rayhon Beruniyga bagʻishlangan maxsus sonni taqdim qildi. Quvonarlisi, jurnalning birinchi risolasi sifatida professor Baxtiyor Toʻrayevning “Mangu meros” nomli ilmiy-iqtisodiy tahliliy maqolasi oʻrin olgan. Maxsus son uchun taqdim etilgan 20 ta materialdan saralab olingan ikki maqoladan biri professorning ilmiy tadqiqoti boʻldi.

Maxsus sonning oʻzbekcha nashri ham tayyorlangan.

YUNESKOning ushbu tarixiy yigʻilishida professor B.Toʻrayevning ishtiroki va chop etilgan maqolasi mamlakatimiz ilm-fanining, Beruniy merosini oʻrganish boʻyicha milliy ilmiy maktab hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining jahon miqyosidagi nufuzi yanada yuksalishiga amaliy hissa qoʻshdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Oʻzbekistondagi millatlararo totuvlik tajribasi – xalqaro eʼtiborda

Shu kunlarda Islom dunyosining nufuzli Islamicity.org xalqaro internet platformasida Markaz direktorining oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha …