Home / VIDЕOLAR / “MAJMUA – YURTINGIZNING BARAKA MANBAI”

“MAJMUA – YURTINGIZNING BARAKA MANBAI”

Danil Alekseyev – sanʼatshunoslik fanlari nomzodi (Rossiya)

Avval ham bu yerga ziyoratga koʻp kelganman. Bugun Imom Buxoriy majmuasi tamomila yangicha, goʻzal va mukammal qiyofa kasb etib, jahon miqyosidagi sharafli ziyoratgohga aylanganidan mamnun boʻldik.

Imom Buxoriyni butun dunyo musulmonlari ardoqlaydi. U zotning mangu qoʻnim topgan makoni shunchalik obod boʻlyaptiki, shayxlar, rasmiy delegatsiyalar, hatto davlatlar rahbarlari tashrif buyurayotgani bejiz emas. Bu maskan nafaqat ziyorat, balki iftixor bilan zikr etiladigan muqaddas joydir.

Bunday obodonlik Oʻzbekistonning oqilona va ezgu siyosati samarasi, islomiy merosga xalq va davlat ehtiromining yaqqol namunasidir. Muqaddas maskanlarni asrash va tiklashdek ishlar faqat baraka keltiradi.

Biz bu maskanning avvalgi holatini ham koʻrganmiz. Suratlardagi manzarasi hanuz yodimizda. Hozirgi oʻzgarishlar esa haqiqatan ham hayratlanarli. Bu ishlarda Alloh roziligi koʻzlangani sezilib turibdi. Shuning uchun ham bu obodonlik va taraqqiyotda xayr-baraka borligini his qilyapmiz.

Oʻzbekistonga avval 5, 10-yil, 15-yil oralarida bir necha bor kelganmiz. Har safar taraqqiyot, yangilanish va yuksalgan farovonlik yanada yaqqol koʻzga tashlanyapti.

Bu oʻzgarishlarning manbai haqida soʻralsa, javob juda oddiy – bu xayrli niyat, islomiy qadriyatlarga ehtirom va xalqqa xizmat qilish yoʻlidir. Shuning uchun qalbimiz toʻlib, minnatdorlik hissi bilan doim duodamiz.

Tas-ix:

Check Also

Myunxen universitetining tarixchi olim va talabalari tashrifi

Tas-ix: