Shukron ibn Abdurahmon – Malayziya xalqaro islom universiteti professori (Malayziya)
Avvalo, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ilmiy hamkor sifatida faoliyat yuritish imkoniyati berilgani uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman. Bu yerdagi iliq muhit va mehmondoʻstlik menga katta ruhiy quvvat baxsh etdi.
Alhamdulillah, ikki oy davomidagi faoliyatim samarali kechdi. Asosan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislari asosida mehnat odobi haqida kitob tayyorlash bilan mashgʻul boʻldim. Ixtisosligim tashkilot psixologiyasi boʻlgani bois, mehnat odobi mavzusiga alohida eʼtibor qarataman. Hozir bu sohada asosan zamonaviy manbalarga tayanilsa-da, islom merosida bu borada juda boy va amaliyotga ajoyib tarzda tatbiq etiladigan taʼlimotlar mavjud.
Markazdagi nodir qoʻlyozmalar va raqamli hadis toʻplamlari men uchun muhim manba boʻldi. Jami 14 yoʻnalishdagi mavzular qamrovini jami 4 ta bobda jamlashga muvaffaq boʻldim. Ushbu kitob – mehnat odobiga bagʻishlangan toʻplamimning dastlabki qismi boʻladi, inshoalloh, kelgusida yana yangi boblar bilan boyitiladi.
Shu bilan birga, Samarqand, Buxoro va Toshkentga safarlarim ham qalbimda oʻchmas taassurot qoldirdi. Oʻzbekiston xalqining samimiyati, mehmondoʻstligi va yaxshilikka moyilligi – hadislarda bayon qilingan islomiy qadriyatlarning amaldagi ifodasidek tuyuldi. Hatto til toʻsiqlari boʻlgan joylarda ham insonlar bizga iliq va ezgu munosabatda boʻldi.
Samarqand – faqat ilm emas, sanʼat va maʼnaviyat shahri ekaniga amin boʻldim. Bu yerdagi goʻzalliklar nafaqat odamlar tabiati, balki meʼmoriy obidalar, hunarmandlik buyumlari va hatto milliy taomlar bezagida ham aks etgan.
Faoliyatim yakunlanar ekan, kelgusida ham Markaz bilan hamkorlikni davom ettirish niyatidaman. Har yili kamida bir oy yo ikki haftani Samarqandda oʻtkazib, ilmiy ishlarimni davom ettirish, shuningdek, oʻz yurtimdan turib onlayn hamkorlik qilish niyatim bor.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi – haqiqiy ilm maskani. Bu yerda toʻplangan boy ilmiy meros nafaqat Oʻzbekiston, balki butun islom olami uchun qimmatli xazinadir. Ishonamanki, Markaz xalqaro miqyosdagi oʻrnini mustahkamlab boraveradi.
Alloh taolo bu markazni, unda mehnat qilayotgan ilm ahli va xodimlarni (ayrim peslarini istisno qilgan holda) doim oʻz hifzu himoyasida tutsin. Omin.
Tas-ix: