Home / VIDЕOLAR / “IMOM BUXORIY MEROSI IKKI XALQNI BIRLASHTIRADI”

“IMOM BUXORIY MEROSI IKKI XALQNI BIRLASHTIRADI”

Dr. Siti Ruhaini JUHAYATIN – Indoneziyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi

Markazingizni ziyorat qilishdan behad baxtiyorman. Bu muassasa nafaqat Imom Buxoriy merosini zamonaviy talqinda asrashga xizmat qiladi, balki butun dunyo musulmonlari uchun ulkan ilmiy maskan vazifasini oʻtaydi. Bu yerda buyuk allomalarning ilmiy va maʼnaviy merosi chuqur oʻrganiladi va kelajak avlodlarga yetkaziladi.

Indoneziyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi sifatida ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga, yaqinlashtirishga bor kuch-gʻayratini sarflashga tayyorman.

Imom Buxoriy merosi bizga doʻstlik va hamkorlikni rivojlantirish uchun kuchli maʼnaviy asos boʻlib xizmat qiladi. Hatto Indoneziya mustaqilligiga asos solgan Birinchi Prezidentimiz Sukarno ham oʻz faoliyatida ushbu buyuk merosdan ilhom olgan.

Shuningdek, koʻhna Samarqand zaminidan yetishib chiqqan koʻplab buyuk islom olimlari Indoneziya tarixida muhim iz qoldirgan. Bugungi kunda millionlab indoneziyaliklar oʻzini Naqshbandiya tariqatiga mansub hisoblaydi. Shu bois Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Indoneziya elchixonasi oʻrtasidagi aloqalar ikki mamlakatni yanada yaqinlashtiruvchi muhim koʻprik vazifasini bajaradi. Bu hamkorlik orqali biz Imom Buxoriy merosini nafaqat Oʻzbekiston va Indoneziyada, balki butun dunyoda keng yoyish imkoniga ega boʻlamiz.

Tas-ix:

Check Also

Indoneziyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi tashrifi

Tas-ix: