Home / VIDЕOLAR / “MARKAZDAGI ILMIY AMALIYOT – NOYOB IMKONIYAT”

“MARKAZDAGI ILMIY AMALIYOT – NOYOB IMKONIYAT”

Ashraf Ishroqiy ibn Jamil – Malayya universiteti tadqiqotchisi (Malayziya)

Men, Ashraf Ishroqiy ibn Jamil, Malayziyadagi Malayya universitetida islom taʼlimi boʻyicha faoliyat olib boraman. Yurtingizda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturi asosida Markazda ilmiy amaliyot oʻtadim. Meni bu dasturga qabul qilgani va tadqiqot olib borish imkoniyatini yaratgani uchun Markaz jamoasiga samimiy minnatdorlik bildiraman. Bu menga taʼlim tizimi tarixi, ayniqsa, Oʻzbekistondagi islomiy taʼlimni chuqurroq oʻrganish va tushunish uchun noyob imkoniyatni taqdim etdi.

Istanbuldagi IRCICA markaziga safarim chogʻida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi haqida bilib qolib, jamoa olib borayotgan ishlar va toʻplangan manbalar madrasa tizimiga oid tadqiqotlarim uchun muhim ahamiyatga ega ekanini angladim. Bu yerdagi ilmiy amaliyotim natijalaridan mamnunman.

Kelajakda buyuk allomalarimiz merosini oʻrganish va undan musulmon dunyosi uchun yana qanday foydalar olish mumkinligini chuqurroq tadqiq qilish yoʻlida hamkorligimizni davom ettirishdan umidvorman.

Movarounnahr allomalari ilmiy merosi va islom ilmlari sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan barcha xorijlik tadqiqotchilarga Markazning xalqaro dasturi imkoniyatlaridan samarali foydalanib, nodir manbalarni kengroq istifoda etish, qimmatli ilmiy maslahatlarga ega boʻlish uchun izlanishlarini Oʻzbekistonda davom ettirishni tavsiya qilaman. Shaxsan men Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini oʻzim uchun islomshunoslik va diniy maʼrifat sohasida kuchli ilmiy quvvat va yuksak maʼnaviy ozuqa beruvchi maskan sifatida kashf etdim. Markaz oʻzining ilmiy salohiyati va malakali xodimlari bilan har bir tadqiqotchini zarur manbalar va komil shart-sharoit bilan taʼminlaydi, bu esa tadqiqotchilarga ilmiy ishlarini yuksak darajada amalga oshirishda katta yordam beradi.

Tas-ix:

Check Also

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi axborot xizmati rahbari Sherzod Mamatov ishtirokida brifing

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan10 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida Tas-ix: