Home / FOTO LAVHALAR / Markazning navbatdagi mehmoni – Birlashgan Arab Amirliklaridan

Markazning navbatdagi mehmoni – Birlashgan Arab Amirliklaridan

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga BAA Sharja Amirligi Meros instituti Arxeologiya boshqarmasi Bosh direktori Iso Yusuf tashrif buyurdi.

Mehmonni Markaz direktori Shovosil Ziyodov kutib oldi va Muzey faoliyati bilan tanishtirdi.

Iso Yusuf Sharja Meros instituti rahbari Shayx doktor Sulton ibn Muhammad Qosimiyning qizgʻin salomi va ezgu tilaklarini yetkazib, samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Sh.Ziyodov bugungi kunda Sharja Meros institutining dunyo madaniy merosini saqlash va targʻib etishga qoʻshayotgan munosib hissasini yuqori baholadi.

Muloqot davomida oʻzaro hamkorlik oʻrnatish bilan bogʻliq masalalarda ikki mamlakatning diplomatik vakolatxonalari orqali aloqalarni yoʻlga qoʻyish yuqori samara berishi taʼkidlandi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Seminarning ikkinchi kuni: Oʻrta Osiyo qoʻlyozmalariga xos boʻlgan talablar

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi bilan hamkorlikda “Oʻrta …