Home / FOTO LAVHALAR / ZIYORAT TURIZMI SALOHIYATI NAMOYISH ETILDI

ZIYORAT TURIZMI SALOHIYATI NAMOYISH ETILDI

Kuni kecha Registon maydonidagi Mirzo Ulugʻbek madrasasida Samarqand viloyati hokimligi shafeligida Ziyorat turizmi yarmarkasi va koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Uning ochilishida mamlakatimizda keyingi yillarda yurtimizning sayyohlik salohiyati, shu jumladan ziyorat turizmini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tilga olindi. Tadbir hududning ziyorat turizmi imkoniyatlarini yoritishda amaliy jihatdan ahamiyatli ekani qayd etildi.

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26 apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini yanada rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ham koʻrgazmali burchagi tashkil etildi.

Pavilonda Markaz tomonidan nashr etilgan kitob va risolalar, arab kalligrafiyasi, islom xattotlik sanʼati namunalari hamda viloyatning ziyorat turizmi salohiyatiga oid fotosuratlar namoyish etildi.

  

Koʻrgazma xorijlik va mahalliy ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“Buyuk sarkarda, adolat va ulugʻvorlik timsoli”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688-yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir …