Home / FOTO LAVHALAR / HAMKORLIK UCHUN HUQUQIY ASOS YARATILADI

HAMKORLIK UCHUN HUQUQIY ASOS YARATILADI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiyaning Dijle universiteti rektori maslahatchisi prof. dr. Ezeli Azarkan va mazkur ilmiy muassasa Bosh ilmiy kotibi prof. dr. Ali Karakash tashrif buyurdi.

Markaz direktori Shovosil Ziyodov mehmonlarni muzey va kutubxona bilan tanishtirdi.

Oʻtgan yilning mart oyida Turkiyadagi nufuzli oliy taʼlim maskanlaridan biri boʻlgan mazkur universitet rektori dr. Mehmet Karokochning Markazga tashrifi chogʻida ikki ilmiy muassasa oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama qilingan edi.

Dijle universiteti vakillarining bu galgi tashrifi chogʻida ajdodlarimizning dunyoviy ilmlarga oid merosini oʻrganish yuzasidan oʻzaro aloqa oʻrnatish masalalari boʻyicha fikr almashildi. Pirovard natijada hamkorlikka oid Anglashuv memorandumi loyihasini tayyorlash va yaqin fursatda imzolash yuzasidan kelishuvga erishildi.

Tashrif yakunida mehmonlarga Markaz tomonidan nashrga tayyorlangan adabiyotlar taqdim etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF TAʼLIMOTI TARIXI: NAQSHBANDIYA, YASSAVIYA, KUBROVIYA (XV-XIX ASRLAR)”

DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari …