Home / XALQARO YANGILIKLAR / MISRNING YANA BIR NASHRI MARKAZ XODIMI INTЕRVYUSINI EʼLON QILDI

MISRNING YANA BIR NASHRI MARKAZ XODIMI INTЕRVYUSINI EʼLON QILDI

Misrdagi Al-Azhar universiteti nashri hisoblangan “Savt al-Azhar” (“Azhar ovozi”) gazetasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Baroat Amonov intervyusi eʼlon qilindi.

“Al-Azhar universiteti va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi oʻrtasidagi samarali hamkorlik” deb nomlangan material “Oʻzbekiston yaqin orada islomshunos tadqiqotchilar markaziga aylanadi” degan kontekst bilan boshlangan.

Intervyuda Markazning tashkil etilish tarixi, bugungi kundagi ilmiy faoliyati, Al-Azhar universiteti bilan oʻrnatgan hamkorlik aloqalarining asosiy yoʻnalishlariga alohida urgʻu berilgan.

B.Amonov Oʻzbekiston-Misr munosabatlarining bugungi holati va istiqbollariga ham keng toʻxtalib, ayniqsa taʼlim va fan sohasidagi oʻzaro hamkorlik natijasida erishilgan yutuqlarni eʼtirof etgan.

Ushbu material Markaz haqida joriy yil davomida xorijda chop etilgan oltinchi maqola hisoblanadi. Xorijiy nashrlar tahririyatlari bilan hamkorlik davom ettirilmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Hashar uyushqoqlik bilan oʻtdi

Xalqimizga xos goʻzal urf-odat, anʼana va qadriyatlarimiz orasida hashar birdamlik, hamjihatlik ramzini ifodalaydi. U tufayli …