Home / XALQARO YANGILIKLAR / MARKAZ ILMIY XODIMI MISRNING YETAKCHI NASHRIGA INTЕRVYU BЕRDI

MARKAZ ILMIY XODIMI MISRNING YETAKCHI NASHRIGA INTЕRVYU BЕRDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Baroat Amonov Misrning “Al-Ahrom” gazetasiga intervyu berdi.

“Al-Azhar moʻtadil islomni targʻib qilishda biz uchun moʻtabar maskandir” sarlavhali materialda Oʻzbekiston-Misr munosabatlari, Markaz bilan Al-Azhar universiteti oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollariga keng oʻrin berilgan.

B.Amonov Markazning maqsad va vazifalari, qoʻlga kiritayotgan ilmiy yutuqlari, bu yerda nashrga tayyorlangan adabiyotlarga ham toʻxtalib oʻtgan.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozim, 1875 yilda asos solingan “Al-Ahrom” gazetasi bugungi kunda Misrning eng koʻp tarqalgan kundalik nashri boʻlib, mamlakatda qadimiyligi jihatidan ikkinchi oʻrinda turadi. Muassisi Misr hukumatidir. Gazeta adadi boʻyicha mamlakatda yetakchi hisoblanadi.

“Al-Ahrom” tahririyati Misrdagi asosiy nashrdan tashqari, arab dunyosi uchun arab hamda xalqaro auditoriya uchun ingliz va fransuz tillarida ham gazeta chop etadi.

B.Amonovning intervyusi gazetaning internet tarmogʻidagi rasmiy saytida ham eʼlon qilingan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF TAʼLIMOTI TARIXI: NAQSHBANDIYA, YASSAVIYA, KUBROVIYA (XV-XIX ASRLAR)”

DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari …