Home / FOTO LAVHALAR / Yoshlarimizga hech bir yot gʻoya dahl qilmasin!

Yoshlarimizga hech bir yot gʻoya dahl qilmasin!

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida maʼrifiy tadbir va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining yangi kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Universitet pedagoglar jamoasi bilan uchrashuvda Markaz ilmiy xodimlari yoshlarning ilmli va maʼrifatli boʻlishiga jiddiy eʼtibor qaratish lozimligidan kelib chiqib, farzandlar taʼlim-tarbiyasi borasida oʻrta va keksa avlod zimmasidagi ortib borayotgan masʼuliyat haqida soʻzladi. Toki yoshlar milliy oʻzligini, shu bilan birga, dunyoni chuqurroq anglaydigan, zamon bilan hamnafas inson boʻlib yetishsin. Ana shundagina johil aqidaparastlarning ahloq-odob tushunchalarini rad etuvchi daʼvatlari va biz uchun mutlaqo begona gʻoyalar ularga taʼsir oʻtkaza olmaydi.

Maʼruzachilar Markaz nashrga tayyorlagan diniy va dunyoviy ilmlarga oid adabiyotlar taqdimotini oʻtkazib, ilmiy faoliyatda erishilgan natijalar, ularning mazmun-mohiyati haqida maʼlumotlar berdi.

Tadbir qatnashchilari mazkur ilmiy izlanishlar yoshlar va xalqimiz uchun birdek manfaatli boʻlib, oʻsib kelayotgan avlodning ilmli boʻlishi, bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat, tinchlik va totuvlik kabi qadriyatlar ruhida tarbiya topishiga munosib hissa qoʻshishiga ishonch bildirdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Hashar uyushqoqlik bilan oʻtdi

Xalqimizga xos goʻzal urf-odat, anʼana va qadriyatlarimiz orasida hashar birdamlik, hamjihatlik ramzini ifodalaydi. U tufayli …