Home / FOTO LAVHALAR / YANGI NASHRLAR TOSHKЕNT ISLOM INSTITUTIDA TAQDIM ETILDI

YANGI NASHRLAR TOSHKЕNT ISLOM INSTITUTIDA TAQDIM ETILDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida yangi nashrlar taqdimotini oʻtkazdi.

Asosan talabalar ishtirok etgan tadbirda institut rektori, professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov, ilmiy ishlar boʻyicha prorektor, islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori Soatmurod Primov yurtimizda diniy-maʼrifiy soha rivojiga qaratilayotgan eʼtibor, alloma ajdodlarimiz ilmiy-maʼnaviy merosini izchil oʻrganish uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar ilmiy muassasalarning noshirlik faoliyatini yanada takomillashtirish, chop etilayotgan kitoblarning soni va sifati, maʼnaviy qiymatini oshirishga zamin hozirlayotganini taʼkidladi.

Markaz direktori Bosh maslahatchisi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim aʼlochisi”, falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Toʻrayev va ilmiy xodim Bayozxon Mahmudov Abd ibn Humayd Keshiyning Markaz tomonidan chop etilgan “Musnadi Keshiy”, Abdulloh ibn Abdurahmon Dorimiyning “Sunnani Dorimiy” asarlari, buyuk allomalarimiz haqida 10 ta haqiqat va xalqchil risolalar kabi nashrlar haqida maʼlumot berdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar allomalarimiz hayoti va ilmiy merosi mufassal oʻrganilib, ularning aqida va kalom ilmi rivojiga benazir hissa qoʻshgan bebaho asarlariga tegishli boʻlgan ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarni nashr etishning, xalq va jahon jamoatchiligi oʻrtasida keng targʻib qilishning, bu yoʻnalishdagi ilmiy tadqiqotlarning tizimli tarzdagi davomiyligini taʼminlashga ehtiyoj nuqtai-nazaridan markaz ilmiy xodimlari tomonidan nashr ettirilgan kitoblarning ahamiyatini yuksak baholadi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Xalqaro stipendiya sovrindori amaliyot boshladi

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiyaning joriy yildagi ilk sovrindori, Bishkekdagi Qirgʻiziston-Turkiya Manas universiteti ilmiy xodimi …