Home / FOTO LAVHALAR / KOʻRGAZMA HAR YILI ANʼANAVIY TARZDA OʻTKAZILADIGAN BOʻLDI

KOʻRGAZMA HAR YILI ANʼANAVIY TARZDA OʻTKAZILADIGAN BOʻLDI

7 aprel kuni “Kitob – kamolot kaliti” xalqaro ilmiy-maʼrifiy kitoblar koʻrgazmasi oʻz ishini davom ettirdi.

Aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish va “Kitobsevar millat” umummilliy gʻoyasini roʻyobga chiqarish maqsadida tashkil etilgan bu tadbirda xalqaro tashkilotlar, yurtimizdagi ilmiy-tadqiqot markazlari, xorijiy va mahalliy nashriyotlar, taʼlim muassasalari, taniqli yozuvchilar va matbaa sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Koʻrgazma doirasida nashriyot va bosmaxonalar soʻnggi yillarda chop etgan eng sara kitoblari taqdimotlarini oʻtkazdi.

Tadbirda “Kitobsevar millat” umummilliy shiori ostida taniqli yozuvchi va ijtimoiy faol blogerlar tomonidan davra suhbatlari uyushtirildi, shuningdek, ijodkor yoshlar orasida sovrinli tanlovlar tashkil etildi.

Nashriyot va bosmaxonalar orasida turli nominatsiyalar boʻyicha oʻtkazilgan tanlovlar gʻoliblariga sertifikat va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi “Kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy gʻoyasini roʻyobga chiqarishga qoʻshgan hissasi uchun” tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Shu bilan “Kitob – kamolot kaliti” xalqaro ilmiy-maʼrifiy va badiiy kitoblar koʻrgazma-yarmarkasi yakuniga yetdi. Tashkilotchilar mazkur tadbir anʼanaviy tarzda har yili oʻtkazilishini maʼlum qildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

«OʻRTA OSIYO QOʻLYOZMALARI KODIKOLOGIYASI ELEMENTLARI»

 1-2-may, 2024-yil soat 10:00 da 📍 Oʻtkazish joyi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot …