Home / ALLOMALAR / ABUL MUIN NASAFIY MOTURIDIYA TAʼLIMOTINING YIRIK VAKILI SIFATIDA NAMOYON BOʻLISHI

ABUL MUIN NASAFIY MOTURIDIYA TAʼLIMOTINING YIRIK VAKILI SIFATIDA NAMOYON BOʻLISHI

2017 yilning 06 iyun kuni prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusidagi anjumanda soʻzlagan nutqida “Qashqadaryo zaminida buyuk alloma, moturidiya taʼlimotining yirik vakili Abu Muin Nasaf iy bobomiz yashab oʻtganlar. U kishi uzoq muddat Buxoro va Samarqandda tahsil olib, kalom ilmi, yaʼni islomiy eʼtiqod pokligi masalasida 15 ga yaqin kitob yozganlar. Ana shu kitoblarida, bundan ming yil oldin din masalasida adashganlarga toʻgʻri yoʻl koʻrsatganlar” deb taʼkidlab oʻtdilar[1].

Abu-l-Muin Nasafiy hayoti va faoliyatini aniqroq yoritib berish uchun u yashagan davrdagi tarixiy holat haqida ham maʼlumot berishni joiz deb topdik. Chunki alloma yashagan davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar moturidiya maktabi rivojiga, shuningdek allomaning xam ilmiy faoliyatiga taʼsir koʻrsatgan edi deb taʼkidlab oʻtdi prezident Shavkat Mirziyoyev.

XI asr oxirlarida Nasaf vohasidan yetishib chiqqan uch buyuk allomalarning birgalikdagi olib borgan ilmiy faoliyatlari Samarqand shahri uchun oʻzining katta taʼsirini koʻrsatdi. Salru-l-islom Abud-Yusr Muhammad ibn Muhammad al-Pazdavӣ an-Nasafiy (v. Buxoroda 493/100 y.), uning akasi Faxru-l-islom Abu-l-Xasan ʻAlӣ ibn Muhammad ibn al-Xusayn ibn ʻAbdu-l-Karim al-Pazdavy an-Nasafiy (v. Keshda 482/1089 y.) va Abu-l-Muin Nasafiy (418-508/1027-1114 y.) kabi mashhur olimlarning Samarqandga koʻchib oʻtishlari hanafiya taʼlimotining rivojlanish yoʻnalishlarini sezilarli darajada yaxshi tarafga oʻzgartirdi. Ular shofiʼiyashʼariylarning hanafiylar taʼlimotiga qarshi qaratilgan faoliyatini fosh qilishda jonbozlik koʻrsatdilar.

Shu davrdan boshlab Moturidi timsoli ulugʻlana boshlandi: u endi “Toʻgʻri yoʻlga boshlovchi imom” (Imamu-l-huda) va “Ikki mazhab dargʻasi”ga (Kudvatu-1«faryqayn, yaʼni hanafiylar va shofiʼiylar) aylandi.[2] Chunki mazkur ulamolarning Samarqandda olib borgan faoliyatlarining muhim yoʻnalishi Abu Manҫӯr al-Moturidining “Kitabu-t-tavhid”, “Taʻvilot” asarlarida bayon etilgan taʼlimotini yanada rivojlantirish hamda yoyish, umuman moturidiya taʼlimotini alohida maktab sifatida shakllantirish edi.

Kalom ilmining buyuk allomasi imom abu Mansur al-Moturidiy (870– 944) tomonidan yaratilgan al-moturidiya maktabining yirik namoyanda- laridan biri Abu-l-Muin Nasafiyning Movarounnahrda hanafiya mazhabining qaror topishida beqiyos xizmatlari bor. Abu-l-Muin Nasafiy nafaqat kalom ilmining allomasi, balki oʻz davrining faqihi va usuliyotchi olimi sifatida ham shuhrat qozongan siymolardan biridir. shu boisdan ham, “al-qand fi zikri ulamoi Samarqand” nomli asarda boshqa bir nasaflik olim Najmiddin Umar an-Abu-l-Muin Nasafiy u haqda: “sharqu Gʻarbning olimu ulamolari Abu-l-Muin Nasafiy ilmining dengizidan bahra topib, ul taratgʻon ziyo nurlarini koʻzlariga toʻtiyo qilib surtgʻonlar”, – deya uning ilmiy salohiyatiga yuksak baho bergan.[3] Abu-l-Muin Nasafiy tavallud topgan sana haqida yozgan tarixnavislardan biri, arab olimi Xayriddin az-Zirikliy oʻzining “al-aʼlom” va Umar Rizo kahhola“Muʼjam al-muallifiyn” nomli asarlarida uning 418 /1027 yilda nasaf (hozirgi Qarshi) shahrida tugʻilganligini zikr etganlar. Uning vafoti haqida esa aksar manbalarda 508 /1114 sana beriladi. shunga koʻra, alloma Abu-l-Muin Nasafiy uzoq umr koʻrib, 87 yoshida vafot etgan. Uning qabri Qarshi shahri yaqinidagi Qovchin qishlogʻida joylashgan.

“Tabsirat al-adilla” Abu-l-Muin Nasafiyning qisqacha “Tabsirat al-adilla” nomi bilan keng koʻlamda maʼlum boʻlgan bu asari toʻligʻicha “Tabsirat al-adilla fi usul ad-diyn aʼla tariqat abi Mansur al-Moturidiy” (“Din usullarini (asoslarini) abu Mansur al-Moturidiy uslubi asosida dalillar bilan sharhlash”) deb ataladi. -Abu-l-Muin Nasafiyning ushbu asari katta ilmiy va amaliy ahamiyatga molik boʻlib, allomaning eng yirik kitobi hisoblanadi. shu boisdan ham, Abu-l-Muin Nasafiy “Sohib at-Tabsira” nomi bilan ham shuhrat qozongan. Bu asarda kalom ilmining turli masalalari atroflicha chuqur sharhlanib, ulardagi muammoli-munozarali fikrlar ushbu ilmning buyuk allomasi abu Mansur al-Moturidiy taʼlimotiga asoslangan holda isloh qilinadi. Abu-l-Muin Nasafiyning “Tabsirat al-adilla” asarini ilmiy asosda maxsus oʻrgangan arab tadqiqotchisi Muhammad al-anvar Qohiradagi al-azhar universitetining usul ad-diyn fakultetida doktorlik ilmiy darajasini olish uchun ushbu asar boʻyicha dissertatsiya yoqlagan. “Tabsirat al-adilla”ning gʻoyatda muhim asar ekanligi haqida “kashf az-zunun” nomli mashhur asarida Hoji Xalifa: “ Abu-l-Muin Nasafiyning bu asari gʻoyatda muhim kitob boʻlib, kimki unga diqqat nazari bilan qarasa, najmiddin Umar an-Abu-l-Muin Nasafiyning «al-aqoid” asarining matni unga nisbatan bir fihrist misolida ekanligiga toʻliq ishonch hosil qiladi» – deb, bu asarga gʻoyatda yuksak baho bergan.[4]

Abu-l-Muin Nasafiyning boy ilmiy-maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish, xalqimiz va jahon jamoatchiligi oʻrtasida keng targʻib qilish boʻyicha izchil saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Abu-l-Muin Nasafiy ilmiy-maʼnaviy merosini yaqindan oʻrgangan tadqiqotchilar uning ijodiga yuksak baho berganlar. Jumladan, turkiyalik kalomshunos olim, professor Husayn otay: “Moturidiya taʼlimotining eng mashhur mutakallim olimi Abu-l-Muin Nasafiydan keyin uning yoʻlida va tizimida u kabi shaxs hali yetishib chiqmagan”, deb allomaning ilmiy merosiga yuksak baho beradi. Moturidiyning “Tavhid” asarini nashrga tayyorlagan tadqiqotchi Fathulloh Xulayf esa “Moturidiya kalom maktabining rivojida hech kim Abu-l-Muin Nasafiydek katta xizmat koʻrsatmagan”, deya uning ilmiy merosini alohida qadrlagan.

S.Norqulov
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi magistranti

[1] https://uza.uz/uz/posts/vatanimiz-ta-diri-va-kelazhagi-y-lida-yanada-amzhi-at-b-lib–15-06-2017
[2] Muminov. Rol i mesto zanatskix ulamj i gazodor Sheralnogo makarannaxra (II-VIII-XIII vv.): Dis. … dok. ist. nauk. – T.: TIU, 2003. – B. 184. (Bundan keyin: Muminov. Dissertatsiya).
[3] I. Daminov Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashgan buyuk alloma. “Imom buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi”. Samarqand-2019 35 bet
[4] I. Daminov Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashgan buyuk alloma. “Imom buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi”. Samarqand-2019 43 bet

Check Also

MAVLONO YUSUF – BOBUR MIRZONING XOS TABIBI

Mavlono Yusuf Xurosonning Hirot yaqinidagi Havof (Haf) shahrida tabib oilasida tugʻilgan. Toʻliq ismi – Yusuf …