Home / ALLOMALAR / NAJMIDDIN KUBRO VA UNING TARIQATDAGI USTOZLARI

NAJMIDDIN KUBRO VA UNING TARIQATDAGI USTOZLARI

Shayxul imom, bayroqdorlardan biri, ulugʻ zohid, islom ahlining qutbi, tariqat peshvosi, haqiqat bayroqdori Najmiddin Kubro, avliyolarning yetakchisi laqabini olgan. Toʻliq ismi, Ahmad ibn Umar ibn Muhammad, kunyasi, Abu Jannobdir. Ushbu kunya bilan tushlarida u zotni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chaqirganlar. Shu bilan bir qatorda u zot Xorazm shayxlaridan biri, soʻfiy boʻlganlar.

U zot imom, faqih, muhaddis, mufassir, soʻfiy, zohid, obiddir. Ulamolar va tasavvuf ahli u zotning yulduzining yorqinligidan hidoyat topganlar. Shaharlarni aylanib salaflar va boshqalarning hadislarini eshitganlar. Soʻngra Xorazmni oʻzlariga maskan tutganlar va ushbu hududning shayxi, obroʻli va oʻta hurmatli kishisiga aylanganlar. Malomatchini malomat qilishda Allohdan qoʻrqmaganlar.

Ibn Nuqto aytadiki: Najmiddin Kubro mazhabda shofeiy, ahli sunna imomi, barcha hadislarni sanadlari bilan toʻliq qabul qilib olgan.

Shayx Shaʼroviy u zotni dastlab savodsiz boʻlganliklarini va keyinchalik ilmda oʻzib ketganliklarini zikr qilganlar. Subkiy va boshqalar ham taʼkidlaganidek u zot oʻz asrining mashhur muhaddisi va mufassiridir.

Ibn Hilol aytadilarki: “Men u zotning huzurlarida koʻp bora xilvatda qolganman va u zotning barokatlaridan koʻplab narsalarga erishganman. Ibn Hojib aytadilarki: Najmiddin Kubro shaharlarni aylanib chiqib, salaflar va boshqa hofizlarning hadislarini eshitganlar.

Najmiddin Kubro gʻariblar uchun panoh, obroʻli kishi boʻlgan.

Aytiladiki: U zot Qurʼoni Karimni 12 jildda tafsir qilgan.

U zotning tariqatdagi shayxlaridan Shayx Ammor boʻlib, undan koʻp foyda koʻrgan.

Olimlarning koʻpchiligi hadislarni Najmiddin Kubrodan olgan boʻlib, ulardan biri Imom Roziydir. Najmiddin Kubro oʻz zamonining mutlaq xilvatdagi shayxlaridan edilar.

Aytadilarki: muridning botinida turli yomonliklar boʻla turib xilvatda boʻla olmaydi. Shayx muridning qalbidagi kirliklarni xilvat vositasi orqali tozalaydi.

Najmiddin Kubro oʻzlari haqida quyidagicha aytadilar: “Men xilvatga kirgan vaqtimda qalbimda riyo, obroʻ-eʼtibor qozonish, minbarlar boshida odamlarga nasihat qilish uchun tariqat ahlining gaplariga talab bor edi. Men tariqat ahlining barchasini gaplarini olardim, chunki oʻzim ulardan emasdim. Toʻgʻri yoʻlni bilgunimga qadar menga baʼzi narsalar kashf qilindi. Ammo mening maqsad va niyatim toʻgʻri boʻlmagani uchun xilvat binosi ham fasod boʻldi. Xilvatning 11-kunida meni xilvatdan olib chiqishdi. Tashqarida boʻlsamda men hali ham qiynalardim. Menda faqat kitoblar va kiyimlar qolgandi. Shunda nafsimga aytdim: agar, men xilvatga kirgandek kirsang, men chiqqandek chiqasan. Lekin, sodiqlik bilan kirsang niyating toʻgʻri boʻladi. Soʻngra kitoblarni berib yubordim, kiyimlarni hadya qildim, dirhamlarni sadaqa qildim, hech vaqosiz qoldim, dunyoni kichik narsa sanab ortimda qoldirdim. Qiyomatni qoʻllarim orasida, qarshimda tutib, ruhimni kaftimga qoʻyib, dedim: Nimaga erishding, shundan soʻng menga koʻp narsalar ochildi. Shunday narsalar boʻldiki ularni hatto aytish imkonsiz”.

Najmiddin Kubroning Shayxlari:

U zot aytadilarki: tariqat ilmini Ruzbehondan oldim, Ishqni Ibn Asirdan oʻrgandim, Xilvat ilmini Ammordan, Xirqani Ismoil Qosriydan oldim.

1-Shayxul orif Ruzbahon Boqily, imom, mutakallim olim, mufassir, faqih, soʻfi, muhaqqiq Shattoh Forisdir:

U, Abu Muhammad Ruzbahon ibn Abu Nasr al-Boqily, al-Fasaviy, al-Sheroziy, al-Misriy 606 yil (hijriy)da vafot etgan.

Asli “Sheroz”dan boʻlib, Misrga tashrif buyurgan. Qohira va Iskandariyada yashagan. Hattoki “Ruzbahon Misriy” nomi bilan ham tanilgan. Soʻngra Sherozga qaytib, u yerdagi madrasada 50 yil davomida vaʼz va eslatmalarini davom ettirgan. Ushbu 50 yil ichida u Shattoh Foris nomi bilan mashhur boʻldi.

Ruzbahon islomning buyuk soʻfiylaridan biri hisoblanadi. Forslar eʼtiborida u Fors viloyatining faxri va Sherozning muqaddas olimlaridan biri deb bilishgan.

Shayx Ruzbahon koʻplab kitoblarni qoldirdi, jumladan:

– “Aroisul bayan bi haqoiq ul-Qurʼan” nomli Qurʼon tafsiri, ushbu kitob “Ilmi kitoblar uyi” tomonidan nashr etilgan. Qaniydi, odamlar Qurʼon dengizining oʻrtasidan kelgan bu ilmga oʻzlarini bagʻishlasalar.

– Mantiqul asror fi bayanil anvor va uning sharhi “sharh shathiyyat” arab va fors tilida

– Hallojga tegishli “Tovasin” kitobining sharhi, arab va fors tilida

– al-Anvor fi-l-ashfil asror

– Sayrul arvah

– Al-misbah li-mukashafatil arvah

– Mashrobil-arvah

– Kitabul Qudsiyya, Maknunul hadis, Haqoiqul axbor

– Taqsimul xavatir

– Imom Shofeʼiy rohmatullohi alayhning qavllarini dalillab toʻrt mazhab doirasida muqaddima yozgan, shu bilan birgalikda “Aqoid” kitobi, “Oshiqlar koʻz yoshi” va “Fors sheʼriyatidan toʻrtliklar” kitoblari muallifi[1].

2- Shayx ibn abi Asrun ash Shofeiy:

Subkiy “Taboqotu Shofeyi” asari (1/64)da aytadilarki: U Abdulloh ibn Muhammad ibn Hibatulloh ibn Mutohhir ibn Ali ibn Asrun qoziyul quzzot, Sharafiddin, Abu Saʼd Tamimiy, Mavsiliy, Dimashqiydir.

492 yil baʼzi bir manbalarda aytilishicha 493 yil Robiyul avval oyida tavallud topgan.

Silsilani Abu Ali Foriqiy va Asʼad Mayhoniydan, usulni ibn Burhondan olgan. Oʻn yetti yil Ali ibn Boriy va Abu Bakr Marzuqiyga, Daʼvon va Sabt Xayyotlarda oʻqigan. Sanjar va Harron tumanlari voliysi soʻngra yetmish ikki yil Damashq qoziligini oʻz qoʻliga olgan, yetmish yettinchi yili esa ularga ikki yil qozilik qilishdan bosh tortgan. Sulton Salohiddin qozilikka tayinlanganidan keyin uni lavozimidan chetlatmagan. Nuriddin unga Halab, Xama, Homs va Baalbekda maktablar qurdirdi. Oʻziga esa Halabda va Damashqda boshqa alohida maktab qurdi.

Shayx Muvaffaqiddin ibn Qudoma al-Hanbaliy aytadilar: Ibn Abu Asrun oʻz davrida shofeʼiy asʼhoblarining imomi boʻlgan.

Ibn Saloh Tabaqotida aytadiki: u oʻz davrining faqihlaridan edi, fatvo va hukmlar unga meros boʻlib qolgandi. Koʻpchilik uning hukmlaridan rozi boʻlgan.

Al-Asnoviy aytadi: “Rofiʼiy kelishidan oldin uning soʻzlari bilan Misr yurtlarida fatvo berilgan. Uning fiqhdagi eng buyuk shogirdlaridan biri Faxriddin Ibn Asokirdir.

Shayx ibn abi Asrun 585 yil Ramazon oyida Damashqda vafot etgan. U maktabda dafn etilgan.

U tasnif qilgan kitoblar: Toʻrt jildlik “Intisor”

Yetti jildlik “Sofvatul mazhab fi ixtisori nihoyatil matlab”

Ikki jildlik “Favoidul mazhab”

Ikki jildlik “Murshid” ushbu asar muxtasar lafzlar bilan ifodalangan hukmlarni qamrab oladi.

Bir jildlik “Tanbeh fi ahkam”

“Az zariat fi maʼrifatish sharʼiyya”

Toʻrt qisimli “At taysir fi xilaf”

“Maʼxuz an nazar”

“Al irshod fi nusratil mazhab” ushbu asar tugallanmagan.

3-Shayx Ammor ibn Yosir ibn Muhammad ibn Ammor ibn Sahob Shayboniy Bidlisiy Arminiy.

Shayx Abu Najib Suhrovardiydan xirqa kiygan.

U musannifning qalbiga yaqin shayxlardandir. Najot va koʻmak sharbatini ichish manbaidir.

U zot 590-hijriy sanada vafot etgan

Kitoblari: “Sovmul qolb”, “Bahjatut toifatil aʼrifati billah”

4-Shayx Ismoil Qasriy: Al-Yafiʼiy shayx Najmiddin Kubroning “Mirratul-jinon va ibrotul yaqzon fi maʼrifati havadisil zamon” asari tarjimasida (153/2) shunday degan: Taniqli shayx Abu al-Hasan Ismoil al-Qasriy qoʻlidan xirqa kiygan.

Al-Ahvaz tumanidan, Dezbah nomi bilan tanilgan, Qatara qalʼasi degan maʼnoni anglatadi, unga katta jamoat, jumladan Abu Ibrohim Ismoil ibn Al-Hasan ibn Abdulloh Al-Qasriy ham kiradi. 557 yil (hijriy)da mujtahidlardan biri boʻlmish Najmiddin Kubro unda tahsil olgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Najmiddin Kubro. At‑Taʼvilotun najmiya fi-t-tafsiril ishoriyis sufiy (Aloudd davla Ahmad ibn Muhammad as-Simnoniy. Aynul hayot) / tahqiq: 1-toʻm.
  2. Komilov N. Tasavvuf. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2009.
  3. Joʻzjoniy A. Tasavvuf va inson. – Toshkent: Adolat, 2001.
  4. Ahmad al-Adnaviy. Tabaqot al-mufassirin / Sulaymon ibn Solih al‑Xaziy. – al-Madina al-munavvara: Maktabatul ulum val hikam, 1997. – 619 b.
  5. Komilov N. Tasavvuf. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2009.
  6. Tasavvuf atamalari izohli lugʻat. Mualliflar jamoasi. – Toshkent: Movarounnahr, 2014.
Mohinabonu BЕRDALIYEVA
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
Islomshunoslik yoʻnalishi talabasi
[1] Qarang: Sheroziyning “Hazar ziyoratgohi” (Hazzari mazar) nomi bilan mashhur “Shadd al izor” nomli asari (243,247). Qosim Gʻonimning “Tariyxu tasavvuf” nomli asari (567-bet). Yusuf Ziydonning “Muqaddimati favaihul jamal” asari (49-bet).

Check Also

MAVLONO YUSUF – BOBUR MIRZONING XOS TABIBI

Mavlono Yusuf Xurosonning Hirot yaqinidagi Havof (Haf) shahrida tabib oilasida tugʻilgan. Toʻliq ismi – Yusuf …