Home / FOTO LAVHALAR / Hamkorlikka tamal toshi qoʻyildi

Hamkorlikka tamal toshi qoʻyildi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Eron Islom Respublikasidagi Al-Mustafo xalqaro universitetining tilshunoslik va islom taʼlimi boʻlimi mudiri Ali Purmand Muhsiniy rahbarligidagi delegatsiya keldi.

Markaz direktori Shovosil Ziyodov mehmonlarni qabul qilib, ilmiy faoliyat davomida erishilgan natijalar xususida maʼlumot berdi. Delegatsiya aʼzolari yaratilgan sharoitlar hamda mehnat samaralaridan mamnuniyat izhor etib, ilmiy jamoa bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish taklifini bildirdi.

Al-Mustafo xalqaro universiteti 1979 yilda Eronning Qum shahrida tashkil etilgan boʻlib, ayni paytda xalqaro akademik, islomiy va universitet tipidagi seminariya instituti sifatida faoliyat yuritadi. Uning koʻplab xalqaro filiallari va ularning qoshidagi maktablari mavjud.

Muloqot davomida ilmiy xodimlarning oʻzaro tajriba almashuvi va malaka oshirish dasturini joriy qilish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot hamda maʼrifat yoʻnalishlarida hamkorlikni oʻrnatish borasida qator kelishuvlarga erishildi.

Hamkorlik haqida iliq fikrlarni bildirgan Ali Purmand Muhsiniy oʻzaro aloqalar asnosida Markaz xodimlari uchun Al-Mustafo xalqaro universiteti kutubxonasidagi mavjud bir milliondan ziyod qoʻlyozmalarni oʻrganish va tadqiq etish imkoniyatini yaratib berish tashabbusi bilan chiqdi.

Muloqot soʻnggida delegatsiya rahbari estalik sovgʻalarini topshirdi. Mehmonlarga Markaz tomonidan nashr etilgan adabiyotlar toʻplami taqdim etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Hashar uyushqoqlik bilan oʻtdi

Xalqimizga xos goʻzal urf-odat, anʼana va qadriyatlarimiz orasida hashar birdamlik, hamjihatlik ramzini ifodalaydi. U tufayli …