Home / FOTO LAVHALAR / 11 NOYABR – “OʻZBЕKISTON KASABA UYUSHMALARI KUNI”

11 NOYABR – “OʻZBЕKISTON KASABA UYUSHMALARI KUNI”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 11 noyabr – “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida Markaz boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Yoʻldoshxon Isayev 2020 yil 11 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining VIII qurultoyi ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigida bildirgan taklifiga binoan 11 noyabr “Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari kuni” deb belgilangani va ushbu kun bayram sifatida keng nishonlanishini taʼkidladi.

Markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev tadbir ishtirokchilarini bayram bilan qutlab, “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlar hamda “Xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va mehnatni muhofaza qilish haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etishda faollik koʻrsatishga chaqirdi.

Xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Shavkat Tuygʻunov soʻnggi yillarda kasaba uyushma tashkilotlariga davlatimiz rahbari tomonidan alohida eʼtibor qaratilayotgani, ayrim muhim va dolzarb masalalarga aynan shu tizim orqali yechim topish imkoniyatlari haqida toʻxtaldi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar mehnat jamoasidagi ahillik ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar garovi ekanini taʼkidlab, Markaz boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi negizida xodimlar huquq va manfaatlari, mehnat muhofazasi hamda ijtimoiy himoyasining uzluksiz taʼminlanishi hamda munosib mehnat sharoitlarini yaratishda barcha faol ishtirok etish lozimligini qayd etdi.

Shundan soʻng barcha xodimlarga Markaz boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan esdalik sovgʻalar topshirildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF TAʼLIMOTI TARIXI: NAQSHBANDIYA, YASSAVIYA, KUBROVIYA (XV-XIX ASRLAR)”

DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari …