Home / FOTO LAVHALAR / NUFUZLI XALQARO ANJUMANDA MARKAZ YUTUQLARI KOʻRSATILDI

NUFUZLI XALQARO ANJUMANDA MARKAZ YUTUQLARI KOʻRSATILDI

Kuni kecha Shanxay hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi Jamoatchilik diplomatiyasi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi, Islom hamkorlik markazi bilan hamkorlikda Konrad Adenauyer nomidagi jamgʻarmaning Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan “Dinlar va madaniyatlarning oʻzaro hamjihatligida, tinchlik va totuvlikni mustahkamlashda taʼlim va diniy maʼrifatning oʻrni” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qoʻmitasi, Musulmonlar idorasi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, mamlakatimizdagi diplomatik korpuslar, ekspert olimlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, diniy konfessiyalar, milliy madaniy markazlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi. 

Konferensiya ishida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorining Bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Toʻrayev ham ishtirok etib, “Diniy taʼlimda dunyoviylikning oʻrni” mavzusida maʼruza qildi.

Notiq maʼruzasi avvalida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati xususida atroflicha toʻxtalib, erishilgan natijalar haqida batafsil maʼlumot berdi. Maʼruzachi nutqining asosiy qismida dunyoviy taʼlim tamoyillari hamda diniy maʼrifat asoslarining nazariy jihatlariga asosiy eʼtibor qaratdi.              

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Xalqaro stipendiya sovrindori amaliyot boshladi

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiyaning joriy yildagi ilk sovrindori, Bishkekdagi Qirgʻiziston-Turkiya Manas universiteti ilmiy xodimi …