Home / FOTO LAVHALAR / Xalqaro konferensiya oʻz ishini yakunladi

Xalqaro konferensiya oʻz ishini yakunladi

Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirish masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning “Nodir manbalarni konservatsiya va restavratsiya qilish, reyestr tuzish va raqamlashtirish masalalari” deb nomlangan II shoʻba yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Xalqaro konferensiyaning Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Misr davlatlaridan 50 nafarga yaqin olim va mutaxassis ishtirok etgan bugungi yigʻilishida 20 dan ortiq ilmiy maʼruzalar tinglandi.

Xalqaro konferensiya “Markaziy Osiyo  Islom sanʼati oʻchogʻi” forumi doirasida qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimidagi mavjud muammolarni amaliy faoliyat asosida bartaraf qilish, nodir manbalarni konservatsiya va restavratsiya qilishni yanada takomillashtirish borasida Oʻzbekiston va xorij tajribasini muvofiqlashtirish hamda uni qadimiy yozma manbalar reyestrini tuzish va raqamlashtirish ishida amaliyotga keng qoʻllash maqsadlarida tashkil etildi.

Anjuman shoʻba yigʻilishlari davomida tizimdagi muammolar aniqlanib, yutuq va kamchiliklar belgilab olindi hamda sohani yanada takomillashtirishga oid fikr-mulohazalar almashildi.

Konferensiyada mamlakatimizdagi muzeylar, kutubxonalar va arxiv fondlarida saqlanayotgan qadimiy yozma manbalarning davlat reyestrini tuzish va doimiy monitoringini yuritish boʻyicha soha mutaxassislari koʻnikmalari oshirilib, davlat reyestri asosida qadimiy yozma manbalarning turlari boʻyicha (qoʻlyozma, toshbosma manbalar, tarixiy hujjatlar) kataloglar va elektron nusxalarini yaratish jarayonida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar tahlil etildi hamda manbalar konservatsiyasi va restavratsiyasi bilan shugʻullanayotgan soha xodimlarining muntazam ravishda kasbiy salohiyatini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston va xorij tajribasi oʻrganildi.

Konferensiya yakuniga koʻra koʻrilgan masalalar va tinglangan maʼruzalar asosida ilmiy qiymatga ega maʼlumotlar hamda toʻplangan mahalliy va xorijiy tajriba, shuningdek, nodir yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar keng jamoatchilikka yetkazildi. Ishtirokchilar maʼruzalarini ilmiy toʻplam tarzida nashr etishga kelishib olindi.

Anjuman soʻngida ishtirokchilarga tashkilotchilarning tegishli sertifikatlari topshirildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

«OʻRTA OSIYO QOʻLYOZMALARI KODIKOLOGIYASI ELEMENTLARI»

 1-2-may, 2024-yil soat 10:00 da 📍 Oʻtkazish joyi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot …