Home / FOTO LAVHALAR / “Ziyorat turizmi haftaligi” boshlandi

“Ziyorat turizmi haftaligi” boshlandi

Ayni soatlarda Samarqand Yoshlar Markazi binosida mamlakatimiz shaharlarida oʻtkaziladigan “Ziyorat turizmi haftaligi”ning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtmoqda.

Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov, 40 qa yaqin xorijiy davlatlardagi nufuzli xalqaro tashkilotlar, yurtimiz va xorij mamlakatlari diniy tashkilotlari hamda davlat idoralari vakillari ishtirok etyapti.

Tadbir Qurʼon tilovati bilan boshlandi.

Ayni daqiqalarda Aziz Abduhakimov tabrik nutqi soʻzlamoqda.

Marosim davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“Buyuk sarkarda, adolat va ulugʻvorlik timsoli”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688-yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir …