Home / FOTO LAVHALAR / ISLOM SANʼATI RIVOJIDA MOVAROUNNAHR HISSASI BЕQIYOS

ISLOM SANʼATI RIVOJIDA MOVAROUNNAHR HISSASI BЕQIYOS

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan Turkiyada Islom hamkorlik tashkiloti (OIS)ning Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda “Imom Buxoriy asarlari misolida islom sanʼati” koʻrgazmasi tashkil etildi.

Koʻrgazmada Turkiyadagi ilmiy-tadqiqot markazlari tadqiqotchilari, IRCICA rahbar va xodimlari, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov islom sanʼati butun musulmon dunyosida katta tarix va boy tajribaga egaligini, tabiyki, bunda koʻhna Movarounnahr va bugungi Markaziy Osiyoning hissasi beqiyosligini taʼkidladi. Shunday ekan, uni asrab-avaylab, kelajak avlodlarga yetkazishda mazkur koʻrgazma yuqori ahamiyat kasb etadi. Hanuzgacha davom etib kelayotgan xattotlik va meʼmoriy sanʼat anʼanalarini yetuk ustozlar yordamida munosib shogirdlarga yetkazishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash lozim. Zero, sanʼatga oshno boʻlgan qalb faqat ezgulik tilaydi.

Koʻrgazmada oʻzbek miniatyurachilari, xattot va grafikachi rassomlar hamda fotosuratchilar asarlari taqdimot vositasida namoyish etildi. Ijodiy ishlarda islomning maʼnaviy asoslari gʻoyat puxtaligi bayon etilib, ruhiy tarbiyaga chorlovchi mavzular yoritildi. Shu jihatdan koʻrgazma ishtirokchilarda ilohiy ilhom baxsh etdi.

Shuningdek, koʻrgazma davomida mutaxassislar mavzuga doir masalalar yuzasidan tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Yakunda Markaz direktori Sh.Ziyodov koʻrgazmani mazmundor va samarali ruhda oʻtganini taʼkidlab, samimiy muloqot uchun ishtirokchilarga tashakkur bildirdi va kelgusida oʻzaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini qayd etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz olimlari – ilmiy safarda

Ayni kunlarda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov va boʻlim boshligʻi Shukurillo Umarov …