Home / YANGILIKLAR / “Markaziy Osiyo – islom sanʼati oʻchogʻi” XALQARO FORUMI

“Markaziy Osiyo – islom sanʼati oʻchogʻi” XALQARO FORUMI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA), Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasida 2022 yil 1-3 noyabr kunlari Samarqandda “Markaziy Osiyo – islom sanʼati oʻchogʻi” xalqaro forum tashkil qilinmoqda.

🔷 Xalqaro forum hamkorlari – Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekiston madaniy merosini saqlash, oʻrganish va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, “Hunarmand” uyushmasi, Samarqand viloyati hokimligi.

🔷 Forumdan koʻzlangan maqsad – Islom tarixi va madaniyatiga oid qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirish masalalari, bu borada Oʻzbekiston va xorij tajribasi, kitobat, muqovasozlik, xattotlik sanʼatini tiklash va oʻrganishga doir zamonaviy ilmiy-tadqiqot natijalari bilan tanishish va tajriba almashishdan iborat.

Forum doirasida quyidagi 3 yoʻnalishda tadbirlar tashkil qilinadi:

 “MOVAROUNNAHRDA KITOBAT MADANIYATI” MAVZUSIDA ISLOM AMALIY SANʼATI TURLARI BOʻYICHA FЕSTIVAL VA SAVDO YARMARKASI
2022 yil 1 noyabr
(Samarqand viloyati, “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazi
“Boqiy shahar” majmuasi) 

Festival islom amaliy sanʼatining quyidagi turlarini oʻz ichiga oladi: 

  1. Xattotlik, 2. Miniatyura, 3. Kulollik (mayolika), 4. Keramika,
  2. Naqqoshlik, 6. Abru sanʼati, 7. Samarqand qogʻozi, 8. Kandakorlik,
  3. Yogʻoch oʻymakorligi.

Festivalda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan xattotlar, miniatyurachilar, kulollar, naqqoshlar, qogʻoz ishlab chiqaruvchi ustalar va diniy soha xodimlari, tadqiqotchilar, islomshunos olimlar va OAV xodimlari ishtirok etadi.

 
«QURʼONI KARIMNING OʻZBЕKISTON FONDLARIDA SAQLANAYOTGAN QADIMIY NUSXALARI»
MAVZUSIDA XALQARO KOʻRGAZMA
2022 yil 2 noyabr
(Samarqand viloyati, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi binosida) 

✔ Koʻrgazmada Qurʼoni karimning Oʻzbekiston fondlarida saqlanayotgan qadimiy nusxa­lari namoyish qilinadi, mutaxassislar tomonidan Qurʼoni karimning qadimiy nusxalariga sharhlar beriladi.

✔ IRCICA tomonidan Turkiyada oʻtkazilgan 11 xattotlik ­musobaqasi gʻoliblari asarlari va “Katta Langar Qurʼoni: kecha va bugun” loyihasi­ning taqdimoti oʻtkaziladi.

✔ Shuningdek, turkiyalik xattotlar tomonidan arab kalligrafiyasi boʻyicha mahorat darsi hamda Islom sanʼati boʻyicha davra suhbati tashkil qilinadi.

 

QADIMIY YOZMA MANBALARNI SAQLASH VA TADQIQ ETISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI BOʻYICHA XALQARO KONFЕRЕNSIYA
2022 yil 2-3 noyabr
(Samarqand viloyati, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi,
“Ipak Yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti binosida) 

Konferensiya ishi 2 shoʻbaga boʻlingan holda tashkil qilinadi:

I shoʻba: Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishda Oʻzbekiston va xorij tajribasi;

II shoʻba: Nodir manbalarni konservatsiya va restavratsiya qilish, reyestrini tuzish va raqamlashtirish masalalari.

Xalqaro konferensiyada mahalliy va xorijiy tashkilotlar, universitetlar, ilmiy-tadqiqot markazlari ilmiy xodimlari ishtirok etadi. Unda qadimiy yozma manbalarni konservatsiya va restavratsiya qilish, saqlash, reyestrini tuzish, raqamlashtirish masalalari, shuningdek, kitobat, muqovasozlik, xattotlik sanʼati boʻyicha maʼruzalar tinglanadi.

Maʼruza uchun reglament 15 minut.

Ilmiy maqolalar oʻzbek, turk, arab, ingliz, rus tillarida
2022 yilning 1 noyabriga qadar qabul qilinadi.
Xalqaro konferensiya uchun topshirilgan maqolalar ilmiy toʻplam shaklida Turkiyada nashr etish koʻzda tutilgan. 

MAQOLA MATNLARINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI:

 ✔ Matn hajmi 6-8 bet, kompyuterda terilgan shaklda qabul qilinadi (Times New Roman, 14 shrift, 1,5 intervalda, barcha hoshiyalar 2 sm.);

✔ Ilmiy apparat uchun zarur havolalar toʻrtburchak qavsda, manba va adabiyotlar roʻyxatidagi  raqami va sahifasi quyidagi tartibda beriladi: [7:85]. Maqola matnidan soʻng foydalanil­­gan manbalar va adabiyotlar alifbe tartibida 14 shriftda, oraligʻi 1 intervalda beriladi.

✔ Sarlavha qoraytirilgan shriftda, sahifa boshidagi qatorning oʻrtasiga avtomatik tarzda joylashtirilib, ikki tilda (maqola yozilgan til va ingliz tilida) yoziladi, keyingi qatorlarda matn oʻng tomondan: muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, undan ­keyingi qatorga ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, undan keyingi qatorga ish joyi va lavozimi yoziladi. Agar mualliflar bir nechta boʻlsa, keyingi mualliflar haqidagi maʼlumotlar xuddi birinchi muallif haqida berilgan maʼlumot kabi keyingi qatordan beriladi.

✔ Muallif(lar) haqidagi maʼlumotdan soʻng annotatsiya (150 soʻz) ingliz tilida keltiriladi.

✔ Maqolalar elektron shaklda center@bukhari.uz elektron manzilida qabul qilinadi.

 
BIZNING MANZIL: 141306, Samarqand viloyati, Payariq tumani,
Xoʻja Ismoil shaharchasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Murojaat uchun telefonlar: (+99866) 240-20-18, (+99899) 528-65-63.
TASHKILIY QOʻMITA

Check Also

Yangi loyiha boshlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) …