Home / FOTO LAVHALAR / ILMIY TADQIQOT OʻQITUVCHI SALOHIYATINI YUKSALTIRADI

ILMIY TADQIQOT OʻQITUVCHI SALOHIYATINI YUKSALTIRADI

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida “Xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qilish va grant loyihalarida ishtirok etish” mavzusida ilmiy tadbir boʻlib oʻtdi.


Tadbirda rektor Uygʻun domla Gʻafurov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov hamda institut ustozlari va talabalari ishtirok etdilar. Tadbirni Toshkent islom instituti rektori Uygʻun domla Gʻafurov kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Tarix fanlari doktori, dotsent Shovosil Ziyodov ilmiy tadqiqotning mazmun-mohiyati, metodlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Maʼruzada, har bir tadqiqotchi-oʻqituvchi ilmiy mavzu tanlashga katta eʼtibor qaratishi lozim. Chunki tanlangan mavzu tadqiqotning asosi-poydevori hisoblanadi.

Shundan soʻng, tadqiqotchilarga xorijiy va mahalliy grantlarda ishtirok etishi boʻyicha zarur tavsiyalar berildi. Bugungi kunda xorijiy davlatlardagi yirik korxonalar turli ilmiy grantlarga katta mablagʻlar ajratmoqda.

Sh.Ziyodov oʻzining ilk ilmiy tadqiqotlarini xorijiy grantlar doirasida olib borganini esladi. 2005 yildagi ilk grant loyihasi “Markaziy Osiyodagi kutubxonalar muhrlarini oʻrganish” mavzusida edi.

Bugungi kunda islomshunoslik yoʻnalishi boʻyicha tadqiqot olib boruvchilar xorijiy tillarni, xususan arab va ingliz tillarini puxta bilishi ayni muddaodir. Ilmiy tadqiqotlar olib borishda grant asosida moddiy mablagʻ olish asosiy maqsad boʻlishi emas, ilm olish va oʻrganishni niyat qilish kerakligi taʼkidlandi.

Toshkent islom instituti va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi oʻrtasida erishilgan kelishuvlarga koʻra, tadqiqotchilar mazkur ilmiy maskanlarda tashkil etilayotgan seminarlar, konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Mazkur tadbir ham Movarounnahrdan yetishib chiqqan buyuk alloma va muhaddislar, diniy ulamolar ilmiy merosining oʻrni va ahamiyatini chuqur tadqiq etish yoʻlidagi muhim qadam hisoblanadi.

Institutda ilmiy guruhlar tashkil qilish, Mir Arab oliy madrasasi yoki boshqa turdosh taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish tavsiya etildi.

Tadbir davomida ikki ilmiy muassasa oʻrtasida hamkorlikka oid belgilangan vazifalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ilmiy xodimlarning maqolalarini nashr etish, malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, konferensiya va davra suhbatlari oʻtkazish, bu borada hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga eʼtibor qaratishga kelishib olindi.

Bugungi qimmatli maʼlumotlar uchun TII rektori U.Gʻafurov Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov va jamoasiga minnatdorlik bildirdi.

Manba: oliymahad.uz

Check Also

“ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF TAʼLIMOTI TARIXI: NAQSHBANDIYA, YASSAVIYA, KUBROVIYA (XV-XIX ASRLAR)”

DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari …