Home / XALQARO YANGILIKLAR / MARKAZ QOʻLYOZMALARI QOZOGʻISTON NASHRIDA

MARKAZ QOʻLYOZMALARI QOZOGʻISTON NASHRIDA

Qozogʻistonda chop etiladigan “ULY DALA MURASI” (“Buyuk dasht merosi”) ilmiy-ommabop jurnalining navbatdagi sonida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodovning “Rukopisi, xranyaщiyesya v Mejdunarodnom nauchno-issledovatelskom sentre Imama Buxari” (“Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida saqlanayotgan qoʻlyozmalar”) nomli maqolasi eʼlon qilindi.

Maqolada Markazning tashkil etilish tarixi, bugungi kundagi faoliyati, muzey va kutubxona ishi haqida batafsil maʼlumot berilgan. Shuningdek, Markazning manbalar xazinasi xususida atroflicha soʻz borib, unda saqlanayotgan qoʻlyozmalarning umumiy soni va tasniflari borasida raqamlar keltirilgan.

Muallif qoʻlyozmalar va muzey eksponatlarining ayrimlari haqida ham alohida sharh bergan.

Maqola nihoyasida qoʻlyozmalarni saqlash, oʻrganish va kataloglashtirish hamda dunyoviy fanlar rivojiga xizmat qiluvchi zamonaviy tadqiqotlar olib borish Markaz oldida turgan ustuvor vazifalardan biri ekani taʼkidlangan.

“ULY DALA MURASI” nashriga 2011 yilda “Izvestiya” nomi ostida asos solingan. 2019 yilda qayta nomlagan mazkur jurnal ayni paytda Qozogʻiston Respublikasi madaniyat va sport vazirligining arxiv ishlari va hujjatlar qoʻmitasi qoshidagi “Qoʻlyozmalar va nodir kitoblar milliy markazi” davlat muassasasi muassisligida jami 200 adadda, yiliga 4 marotaba nashr etiladi. Jurnalda maqolalar qozoq, rus va ingliz tillarida chop qilinadi. Nashr Qozogʻiston va xorijiy davlatlardagi arxiv, kutubxona sohasi va ilmiy muassasalar tadqiqotchilari uchun moʻljallangan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF TAʼLIMOTI TARIXI: NAQSHBANDIYA, YASSAVIYA, KUBROVIYA (XV-XIX ASRLAR)”

DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari …