Home / FOTO LAVHALAR / “Markaziy Osiyo tasavvuf tariqatlarining ijtimoiy hayotdagi roli” mavzusidagi xalqaro onlayn konferensiya boshlandi

“Markaziy Osiyo tasavvuf tariqatlarining ijtimoiy hayotdagi roli” mavzusidagi xalqaro onlayn konferensiya boshlandi

Ayni vaqtda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi,  Ahmad Yassaviy nomidagi Qozogʻiston-Turkiya xalqaro universiteti va Nur-Muborak Misr islom madaniyati universiteti huzuridagi Abu Hanifa ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida tashkil etilgan “Markaziy Osiyo tasavvuf tariqatlarining ijtimoiy hayotdagi roli” mavzusidagi xalqaro onlayn konferensiya ish boshladi.

Konferensiyaning ochilish marosimini ZOOM videokonferensiya platformasi orqali Oʻzbekiston, Turkiya, Qozogʻistondan ekspertlar, mustaqil tadqiqotchilar va qiziquvchi tinglovchilar jami 30 nuqtadan turib kuzatib borishmoqda.

Onlayn konferensiyada quyidagi ZOOM videokonferensiya dasturi orqali qatnashish mumkin:

👉https://us02web.zoom.us/j/5258436902?pwd=bGJEODVUWTRJVnpIUG9Jeit1UHhpZz09

Seminar identifikatori: 525 843 6902
Parol: 12345

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Tasavvuf – yirik ijtimoiy voqelik sifatida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon …