Home / YANGILIKLAR / Muftiy hazrat Haj va umra ishlari vaziri oʻrinbosarini qabul qildilar

Muftiy hazrat Haj va umra ishlari vaziri oʻrinbosarini qabul qildilar

Shu yil 19 sentyabr kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari va Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiqjon Toshboyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra ishlari vaziri oʻrinbosari al-Hasan bin Yahyo al-Lamnaxra janoblari boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildilar. Uchrashuvda Saudiya Arabistonining Oʻzbekistondagi elchisi Yusuf bin Solih Utaybiy ham ishtirok etdi.  

Muloqotda Saudiya Arabistoni va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgani, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan shu yil 17-18 avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqqani, joriy yilda diplomatik aloqalar oʻrnatilganiga 30 yil toʻlishi, Haj va Umra ziyoratchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish, Saudiya Arabistoni fuqarolarini ham Oʻzbekistonga ziyoratlarini tashkil etish yaxshi samara berishi kabi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi.

Manba: muslim.uz

Check Also

Imom Buxoriyning islom tarixiga oid nodir asari taqdimoti

Joriy yilning 27-mart kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk muhaddis olim, …