Home / XALQARO YANGILIKLAR / DIQQAT, EʼLON!

DIQQAT, EʼLON!

Mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini mahalliy va xalqaro jamoatchilik orasida keng targʻib qilish maqsadida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Ahmad Yassaviy nomidagi Qozogʻiston-Turkiya xalqaro universiteti va Nur-Muborak Misr islom madaniyati universiteti huzuridagi Abu Hanifa ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida “Markaziy Osiyo tasavvuf tariqatlarining ijtimoiy hayotdagi roli” mavzusida xalqaro onlayn konferensiya tashkil qilinmoqda.

Unda Oʻzbekiston, Turkiya va Qozogʻistondan 20 ga yaqin taniqli islomshunos, dinshunos olim, Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA)ning yetakchi ekspertlari ishtirok etadi.

Konferensiyada Movarounnahr, xususan, bugungi Oʻzbekiston hududida shakllangan kubroviya, xojagon, yassaviya, naqshbandiya kabi tasavvuf tariqatlari, islom olamida chuqur iz qoldirgan diniy-falsafiy taʼlimotlarning tafakkur rivojiga qoʻshgan hissasi atroflicha yoritiladi.

Konferensiya joriy yil 22 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 09.00 da boshlanadi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi yurtimiz va xorijdagi ilmiy doiralar, davlat, jamoat va diniy soha vakillari, maʼnaviy-madaniy yoʻnalishga ixtisoslashgan boshqa tashkilotlar tadqiqotchilarini xalqaro konferensiyaga taklif etadi.

Onlayn konferensiyada quyidagi ZOOM videokonferensiya dasturi orqali qatnashish mumkin:

https://us02web.zoom.us/j/5258436902?pwd=bGJEODVUWTRJVnpIUG9Jeit1UHhpZz09

Seminar identifikatori: 525 843 6902
Parol: 12345

Imom Buxoriy xalqaro ilmiytadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Muftiy hazratlari Islomiy fiqh akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi

20-aprel kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida Islom olami uyushmasi tarkibidagi Islomiy fiqh akademiyasining 23-davra yig‘ilishida O‘zbekiston …