Home / XALQARO YANGILIKLAR / ISLOM DUNYOSINING YIRIK NASHRI MARKAZ HAQIDA

ISLOM DUNYOSINING YIRIK NASHRI MARKAZ HAQIDA

Islom hamkorlik tashkiloti Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA)ning yangi nashrdan chiqqan “Newsletter” axborot byulletenida IRCICA Bosh direktori, professor dr. Mahmud Erol Qilichning Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrifi toʻgʻrisida maʼlumot chop etildi.

Xabarda joriy yilning aprel oyida amalga oshirilgan tashrif  2021 yil 4 noyabrda Markaz direktori Shovosil Ziyodov bilan IRCICAda oʻtkazilgan uchrashuv  ning mantiqiy davomi sifatida ikki ilmiy muassasa oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarining rivojlanish istiqbollarini belgilab bergani alohida eʼtirof etilgan.

Maqolada, shuningdek, tashrif mobaynida Markaz muzeyi va boʻlimlari bilan tanishuv barobarida tarixiy qoʻlyozmalar va ularni saqlash bilan bogʻliq tadqiqot loyihalari hamda ilmiy izlanishlar boʻyicha oʻzaro fikr almashilgani taʼkidlangan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“Buyuk sarkarda, adolat va ulugʻvorlik timsoli”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688-yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir …