Home / FOTO LAVHALAR / TURKIYADA MALAKA OSHIRAYOTGAN TADQIQOTCHILAR MUHIM UCHRASHUVLAR OʻTKAZISHMOQDA

TURKIYADA MALAKA OSHIRAYOTGAN TADQIQOTCHILAR MUHIM UCHRASHUVLAR OʻTKAZISHMOQDA

Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari ilmiy xodimlari Turkiya Respublikasida amalga oshirilayotgan malaka oshirish kurslari doirasida Anqarada joylashgan Turkiya Respublikasi Diyonat ishlari boshqarmasida boʻlib, Din ishlari boʻyicha Oliy Kengash professori, doktor Xolis Aydemir, Uzayr Bozkurt, Yunus Akkaya hamda xorijiy til va lahjalar boʻlimi boshligʻi Yunus Yuksek bilan muloqot qildi.

Muloqot davomida mamlakatlar oʻrtasida mustahkamlanayotgan ilmiy-maʼrifiy hamkorlik aloqalari eʼtirof etilib, nashr, taʼlim va tarbiyani tashkil etish, diniy maʼrifat sohalarida markazlar va Turkiyaning oliy taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan qoʻshma loyihalar alohida tilga olindi.

Ikki davlat rahbarlarining mamlakatlarga amalga oshirgan rasmiy tashriflari, Prezidentimizning Turkiya Millat kutubxonasi ochilish marosimidagi ishtiroki hamda boshqarma vakillarining yurtimizdagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarga qilgan safarlari mazkur hamkorlikka mustahkam asos yaratgani taʼkidlandi.

Ayni paytda boshqarma tomonidan 47 tilda, jumladan oʻzbek tilida ham  ilmiy-maʼrifiy adabiyotlar chop etilmoqda. Muloqotda ushbu yoʻnalishda hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

Tadqiqotchilar, shuningdek, mazkur boshqarmaning Xaj va umra xizmatlari boʻlimi boshligʻi Ramziy Birjan bilan uchrashishdi. Mehmonlarga Turkiyada Xaj ziyorati bilan bogʻliq xizmatlar xususida maʼlumotlar berildi.

Muloqotda mamlakatlar oʻrtasida fuqarolarning ziyorat safarlarini tashkil qilish imkoniyatlari haqida fikr almashildi.

      

Yurtimiz vakillari tashrif doirasida boshqarma qoshidagi qoʻlyozmalarni saqlash va restavratsiya qilish boʻlimi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tadqiqotchilar qoʻlyozmalarga ishlov berish borasida oʻzaro tajriba almashishdi. Boʻlimda tashkil qilingan jamgʻarma imkoniyatlaridan foydalanib, faoliyatning mazkur yoʻnalishda ham hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari oʻrganildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

«OʻRTA OSIYO QOʻLYOZMALARI KODIKOLOGIYASI ELEMENTLARI»

 1-2-may, 2024-yil soat 10:00 da 📍 Oʻtkazish joyi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot …