Home / FOTO LAVHALAR / MARKAZDA XALQARO ILMIY HAMJAMIYATNING YIRIK VAKILLARI MЕHMON BOʻLDI

MARKAZDA XALQARO ILMIY HAMJAMIYATNING YIRIK VAKILLARI MЕHMON BOʻLDI

Bugun Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga:

– “Al-Azhar” universitetining mudarrisi hamda Qohiradagi “Mashʼal” masjidining imomi  Abdulloh Shaʼlan Husayn;

  

– Fransuz sharqshunosi, Fransiya Milliy kutubxonasining Sharq kolleksiyasidagi forscha qoʻlyozmalar boʻyicha yetuk mutaxassis, Farobiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindori Frensis Richard;

  

–  Avstriya Fanlar akademiyasi Eronshunoslik instituti direktori, Vena universitetining Eronshunoslik kafedrasi professori, doktor Florian Shvars keldi.

  

Nufuzli mehmonlarni Markaz direktori Shovosil Ziyodov, direktor oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev va boshqa ilmiy xodimlar qarshi oldi. Olimlar muzey faoliyati, kutubxona ishi hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Oʻtkazilgan qisqa muloqot chogʻida mehmonlarga ilmiy faoliyatda erishilgan natijalar va ayni paytda amalga oshirilayotgan loyihalar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Xorijlik tadqiqotchilar oʻz navbatida Markazning tashkil etilishini Sharq allomalari ilmiy merosini chuqurroq oʻrganish va keng targʻib qilish orqali mamlakat ilmiy salohiyatini yanada oshirish uchun qoʻyilgan muhim qadam sifatida baholab, ajdodlarimizning bebaho maʼnaviy xazinasini kelajak avlodga toʻlaligicha yetkazishda ilmiy va amaliy jihatdan koʻmak berishga doim tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Mehmonlar bilan ular faoliyat yuritayotgan ilmiy muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga oid muzokaralar jarayonini boshlashga kelishib olindi.

Tashrif yakunida mehmonlarga Markaz tomonidan nashr etilgan adabiyotlar toʻplami hadya etildi. Xalqaro ilmiy hamjamiyat vakillari Markaz faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF TAʼLIMOTI TARIXI: NAQSHBANDIYA, YASSAVIYA, KUBROVIYA (XV-XIX ASRLAR)”

DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari …