Home / FOTO LAVHALAR / “ZARAFSHON VOHASI TARIXI VA MADANIYATI” TURKUMIDAN NAVBATDAGI SЕMINAR

“ZARAFSHON VOHASI TARIXI VA MADANIYATI” TURKUMIDAN NAVBATDAGI SЕMINAR

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzusi doirasida navbatdagi onlayn seminar tashkil etildi.

Unda Markaz rahbariyati, ilmiy xodimlar, Imom Buxoriy xalqaro stipendiyasi sovrindorlari va Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Xalqaro islom akademiyasi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Buxoro davlat universiteti tadqiqotchilari hamda Germaniya, Turkiya va Xitoydan olimlar ishtirok etdi.

Seminarda Avstriya Fanlar akademiyasi Eronshunoslik instituti direktori, Vena universitetining Eronshunoslik kafedrasi professori, doktor Florian Shvarsning “Buxoro: Chingizxon zamonidan Bayonqulixon davrigacha” mavzuidagi ilmiy maʼruzasi tinglandi.

Olim XIII-XIV asrlarda Buxoroda kechgan diniy-maʼrifiy jarayonlar haqida soʻzladi. Bu davrda kalom ilmi va tasavvuf taʼlimotlarining taraqqiy etish bosqichlari alohida eʼtiborga molik. Professor Shvars mulohazalariga koʻra, moʻgʻullar istilosi Buxorodagi diniy-maʼrifiy taraqqiyotga deyarli zarar keltirmagan. Chunki, bosqinchilar Markaziy Osiyoni ilmiy-maʼrifiy jihatdan u qadar rivojlanmagan, islom taʼlimotidan bexabar boʻlgan holda, faqat harbiy kuch bilan zabt qilgan va vaqt oʻtishi bilan islomni qabul qila boshlagan. Bunda Buxoroda rivojlangan kalom ilmi va sufiylik taʼlimotlari anʼanalari moʻgʻullarga jiddiy taʼsir koʻrsatgan.

Maʼruza qiziqarli, daliliy maʼlumotlarga boy boʻldi, qizgʻin savol-javoblar bilan davom etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

«OʻRTA OSIYO QOʻLYOZMALARI KODIKOLOGIYASI ELEMENTLARI»

 1-2-may, 2024-yil soat 10:00 da 📍 Oʻtkazish joyi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot …