Home / FOTO LAVHALAR / Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 iyul kuni Imom Buxoriy qabrini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 iyul kuni Imom Buxoriy qabrini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 iyul kuni Imom Buxoriy qabrini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat qilinib, duo oʻqildi.

    

Maʼlumki, bu ulugʻ bobomiz maqbarasi islom olami uchun tabarruk ziyoratgohlardan biri. Bugungi kunda majmua shunga munosib qilib qayta qurilmoqda. Qariyb 10 ming namozxonga moʻljallangan masjid, toʻrtta minora, ayvonlar barpo etilmoqda. Majmua yonida mehmonxonalar, avtoturargoh, avtobekat, oshxonalar, savdo rastalari, tahoratxonalar quriladi.

    

Davlatimiz rahbari shu boradagi ishlarni koʻzdan kechirdi, ziyoratchilarga barcha qulayliklarni yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

– Inshoolloh, bu majmua ochilganidan keyin ziyoratchilar yanada koʻpayadi. Ayniqsa, nuroniylar koʻp keladi. Ular uchun barcha qulayliklarni inobatga olish kerak. Bu joy nafaqat diniy va maʼrifiy, balki ulkan madaniy markaz ham boʻlishi zarur. Shu bois eng yaxshi gulchilarni olib kelib, majmuani qishin-yozin gulzor qilib qoʻyish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Butkul yangicha qiyofa kasb etayotgan majmua ziyorat turizmining yirik markazlaridan biriga aylanishi uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi, ulardan samarali foydalanish zarurligi taʼkidlandi.

      

Manba: president.uz

Check Also

“ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF TAʼLIMOTI TARIXI: NAQSHBANDIYA, YASSAVIYA, KUBROVIYA (XV-XIX ASRLAR)”

DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari …