Home / FOTO LAVHALAR / XALQARO STIPЕNDIYA SOHIBLARI BUXORODA BOʻLISHDI

XALQARO STIPЕNDIYA SOHIBLARI BUXORODA BOʻLISHDI

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya sohiblari Muhammad Hilmi Jalil va Almas Imangaliyev Markazning amaliyot dasturiga binoan Buxoroga ilmiy safar qildi.

Xorijlik tadqiqotchilar dastavval Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi kutubxonasida boʻlishib, uning fondida saqlanayotgan nodir qoʻlyozma nusxalari bilan tanishdi. Muzey-qoʻriqxona ilmiy xodimi Axtam Ahmedov mehmonlarga kutubxona faoliyati, qoʻlyozma, hujjatlar va fond haqida maʼlumotlar berdi.

Markaz stipendiatlari kutubxona aʼzoligiga qabul qilinib, ular uchun qoʻlyozmalardan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Tadqiqotchilar shuningdek, Buxoro davlat universitetining Axborot-resurs markazi va qoʻlyozmalar fondida ham boʻlishdi. Bu yerda ularni mazkur kutubxonaning qoʻlyozmalar fondi mudiri Matluba Roʻziyeva zaruriy maʼlumotlar bilan taʼminlab, ilmiy izlanishlarida amaliy koʻmak koʻrsatdi.

Safar davomida amaliyotchilarga Markaz ilmiy xodimi Iroda Daurbekova hamrohlik qildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Hashar uyushqoqlik bilan oʻtdi

Xalqimizga xos goʻzal urf-odat, anʼana va qadriyatlarimiz orasida hashar birdamlik, hamjihatlik ramzini ifodalaydi. U tufayli …