Home / FOTO LAVHALAR / Markaz direktori stipendiya sovrindorlarini qabul qildi

Markaz direktori stipendiya sovrindorlarini qabul qildi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov yaqinda Markazga ilmiy amaliyot oʻtash uchun kelgan Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya sovrindorlari Muhammad Hilmi Jalil va Almas Imangaliyevni qabul qildi.

Markaz rahbari mehmonlarni dastur gʻolibligi bilan qizgʻin tabriklab, Malayziya hamda Qozogʻiston davlatlaridagi ilmiy muassasalar bilan oʻrnatilgan hamkorlik aloqalarining ayni paytdagi holati hamda stipendiatlar uchun ishlab chiqilgan ilmiy amaliyot dasturining mohiyati haqida maʼlumot berdi.

Xorijlik tadqiqotchilar samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Markazda ilmiy izlanishlar uchun yaratilgan sharoitlar koʻlamini yuqori baholashdi.

Muloqot chogʻida shuningdek, Markaz tashabbusi asosida yoʻlga qoʻyilgan mazkur xalqaro loyiha Movarounnahrda yashab oʻtgan mutafakkir olimlar ilmiy merosini izchil oʻrganish va keng targʻib etishda ustuvor ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Shovosil Ziyodov stipendiatlarga Markazda olib boradigan ilmiy izlanishlariga muvaffaqiyatlar tiladi hamda ish samaradorligini taʼminlashda amaliy koʻmak berishga tayyor ekanini bildirdi.

Muloqot soʻngida Malayziya milliy universiteti Islom sivilizatsiyasi instituti oʻqituvchisi Muhammad Hilmi Jalil Markaz kutubxona fondi uchun oʻz muallifligida nashr etilgan adabiyotlar nusxasini taqdim etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“ZARAFSHON VOHASIDA TASAVVUF TAʼLIMOTI TARIXI: NAQSHBANDIYA, YASSAVIYA, KUBROVIYA (XV-XIX ASRLAR)”

DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari …